Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 89 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +10°

Instagramda "dislike" bosish funksiyasi paydo bo‘ldi

Instagram foydalanuvchilarga izohlardan noroziligini bildirish imkonini beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Instagramda "dislike" bosish funksiyasi paydo bo‘ldi

Instagram foydalanuvchilarga izohlardan noroziligini bildirish imkonini beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazishni boshladi.

Funksiya haqida

Ushbu funksiya keraksiz yoki ahamiyatsiz izohlarga uni “privat” ravishda bildirish imkonini beradi. Bildirilgan “yoqmadi” belgisining umumiy soni ko‘rinmaydi, post muallifi ham belgini kim qo‘yganini bilolmaydi. Kompaniya mas’ulining fikricha, bu funksiya sharhlarda do‘stona muhitni qo‘llashga xizmat qilib, muhokamalar sifatini yaxshilaydi. “Bu hozircha tajriba, lekin instagram kelajakda “dislike” haqidagi ma’lumotlardan izohlarni saralash uchun foydalanishi mumkin” – deyiladi Kommersant nashri axborotida.

So‘nggi o‘zgarishlar

Avvalroq “Instagram”da profilga qo‘shiq ulab qo‘yish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri post muharririda fotosuratlarga matn va stikerlarni qo‘shish funksiyasi paydo bo'lgandi. Bundan tashqari, bitta fotosuratni ikkinchisining ustiga qo‘yish va qo‘yilgan tasvirning shaklini o‘zgartirish: masalan, uni to‘rtburchak, doira, kvadrat, yurak yoki yulduz shaklida taqdim etish mumkin. Yana “Stories” va “Reels” foydalanuvchilari yangi shriftlar va turli animatsiya va effektlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ma'lumot uchun, yuqoridagi barcha funksiyalar ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud.