$
 11993.53
40.8
 14054.02
32.27
 158.52
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Insoniyat 135 ming yil oldin gapirishni boshlagani aniqlandi

ibtidoiy odam

Olimlarning uzoq yillik izlanishlari insoniyat qachondan boshlab murakkab gaplar tuzib, bir-biri bilan muloqot qilganini aniqlashga yordam berdi. Yangi tadqiqotlar natijalari inson nutqining shakllanishi biz o‘ylagandan ham ancha qadimga – bundan 135 000 yil avvalgi davrga borib taqalishini ko‘rsatdi. Bu xulosa oxirgi 18 yil davomida o‘tkazilgan genetik tadqiqotlarning metatahliliga, jumladan, Y-xromosomalar, mitoxondrial DNK va to‘liq genom sekvenirlash ma’lumotlariga asoslangan.

Ishonchli xulosa

Ta’kidlanishicha, bizning turimiz — Homo sapiens taxminan 230 000 yoshda. Til qachon paydo bo‘lganligi haqidagi taxminlar esa bir-biridan keskin farq qiladi. Massachusets texnologiya instituti professori Shigeru Miyagavaning ta’kidlashicha, genetik ma’lumotlarning ko‘pligi biologik evolyutsiyamiz o‘tmishi haqida ishonchli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Yangi tadqiqot mualliflari, oldingilaridan holi ravishda, boshqacha yondashuvdan foydalangan. Ularning fikricha, barcha inson tillari umumiy kelib chiqishga ega. Asosiy masala — odamlar guruhlari qachondan dunyo bo‘ylab tarqala boshlaganidir. Ya’ni til hamma mintaqalardagi barcha odamlarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, demak, u o‘sha dastlabki “ibtidoiy jamoa”da yuzaga kelgan. Bundan kelib chiqadiki, guruhlar ajralib, mintaqalarga tarqala boshlaganda o‘zlari bilan birga shakllangan tilni ham “olib ketishgan”. 

135 ming yil avval

Tadqiqot ma’lumotlari odamlarning dastlabki mintaqaviy bo‘linishi taxminan 135 000 yil avval sodir bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Olimlar nutq qobiliyati uchun mas’ul bo‘lgan genetik o‘zgarishlar aynan shu davrda “portlash” yasagan degan fikrda. Misol uchun, aynan shu vaqtda inson miyasi va tomoq tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan. Natijada odamzodda shunchaki baqirish yoki oddiy tovushlar chiqarish emas, balki grammatikani, murakkab tushunchalarni tushunish va yetkazish qobiliyati shakllangan.

Tadqiqotda arxeologik topilmalar ham inobatga olingan. Taxminan 100 000 yil avval insoniyatda ramziy faoliyat (buyumlarga turli belgilar chizish, bo‘yoqlardan foydalanish) paydo bo‘lgan. Bu ham miyaning murakkab axborotni qabul qilishga tayyor bo‘lganini va nutqning keng qo‘llanilganini tasdiqlaydi

Теги :
Jamiyat