"InnoWeek-2022" Surxondaryolik innovatorlarga o'z eshiklarini ochdi.
Joriy yilning iyul oyidan buyon 9 ta viloyatda o'tkazilgan "InnoWeek-2022" 9-sentabr kuni Surxondaryoda o'z ishini boshladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion ishlanmalar hududiy ko'rgazmasi Surxondaryo viloyati bosqichi ochilish marosimi Termiz shahri "Yoshlar ishlari agentligi" binosida bo'lib o'tdi. Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Anvar Xomitovich va Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori o'rinbosari Rustam Kuchkarbayev tantanali ravishda ochib berishdi.
Ko'rgazmada ilmiy innovatsion ishlanmaga ega tashilot va muassasalar, tadbirkorlar va yoshlar o'zlariga biznes sheriklar topish va hamkorlik shartnomalarini imzolash, shuningdek Xalqaro innovation g'oyalar haftaligiga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lishadi.



