$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Infografika: 8 oyda 170 297,3 mlrd. so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi

qishloq o

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil I yarim yilligida 170 297,3 mlrd. so‘mlik qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davriga nisbatan 103,8 foiz o‘sishni namoyon etdi.

Qishloq xoʻjaligida dehqonchlik va chorvachilik mahsulotlari ulushi

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda dehqon xoʻjaliklarining ulushi 72,5 foiz(102,2%), fermer xoʻjaliklari 22,5 foiz(107,2%) hamda qishloq xoʻjaligini amalga oshiruvchi tashkilotlar 5 foiz(115,7%) ga ega.

Joriy yilning I yarim yilligida dehqonchilik mahsulotlaridan 3 400,8 ming tonna sabzavot(103,1%), 1 072,1 ming tonna meva(105,1), 5 802 ming tonna don(106,6), 260,2 ming tonna poliz(107) va 52,2 ming tonna uzum(105,7) yetishtirildi.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida chorvachilik mahsulotlaridan 1 310,3 ming tonna goʻsht(tirik vaznda), 5 423,2 ming tonna sut, 20,9 ming tonna jun, 3716,8 mln. dona tuxum, 991,3 mingta qorakoʻl terisi ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarish hududlar kesimida

Hududlarda 2024-yil yanvar-iyul oylari holatiga qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish koʻrsatkichlari:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 4 793 mlrd. soʻm;

Andijon - 17 227 mlrd. soʻm;

Buxoro - 15 102 mlrd. soʻm;

Jizzax - 10 105 mlrd. soʻm;

Qashqadaryo - 16 756 mlrd. soʻm;

Navoiy - 7 882 mlrd. soʻm;

Namangan - 11 937 mlrd. soʻm;

Samarqand - 18 292 mlrd. soʻm;

Surxondaryo - 15 980 mlrd. soʻm;

Sirdaryo - 5 654 mlrd. soʻm;

Toshkent - 17 214 mlrd. soʻm;

Fargʻona - 18 095 mlrd. soʻm;

Xorazm - 11 260 mlrd. soʻm.

Теги :
Iqtisodiyot