Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +23° kechasi +9°
Читать на русском

Inflyatsiya so‘nggi bir yillikdagi rekordni qo‘ydi

Joriy yil noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,1 foizni tashkil qildi. Aholi inflyatsiyani ko‘proq nimalarda sezmoqda?

1 daqiqa o‘qiladi

Inflyatsiya so‘nggi bir yillikdagi rekordni qo‘ydi

Joriy yil noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,1 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Asosiy inflyatsiya yoqilg‘i va energiya resurslarida sezilgan

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2023-yil avgustdan beri qayd etilgan yangi maksimal ko‘rsatkichdir.

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 42 foizi benzin va yoqilg‘I, 39 foizi elektr va tabiiy gazning narxlari yuqori o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatgan.

Pensionerlar 16 foiz inflyatsiya sezishgan

Shuningdek, o‘simlik yog‘i, meva-sabzavotlar, kiyim va poyabzal, yo‘l haqqi va tashish xizmatlari va tuxum narxlari yuqori darajada oshganini ko‘rsatganlar ortgan.

“Aholi guruhlari orasida pensionerlar inflyatsiyadan eng ko‘p jabrlanmoqda. Ular 16 foiz inflyatsiya sezishgan”, – deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.

15 milliondan ko‘p daromad oluvchilar sezgan inflyatsiya

Bundan tashqari, aholi qatlami orasida 15 million so‘mdan ko‘p daromad oluvchilar sezgan inflyatsiya 3,9 foizga ortib 17,8 foizga yetgan.