$
 11972.35
-17.65
 13852.01
-14.43
 147.52
-0.03
weather
+26
Кечаси   +14°

InfinBANK KEY TECH xalqaro anjumanida sun’iy intellekt yechimlarini taqdim etdi

InfinBANK

13-noyabr kuni Toshkentda “KEY TECH: AI retail va e-commerce” yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning eng texnologik banklaridan biri — InfinBANK — sun’iy intellektni bank retailida qo‘llash bo‘yicha o‘zining ilg‘or ishlanmalari va yondashuvlarini taqdim etdi.

Sun’iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda

InfinBANK sun’iy intellektni rivojlantirish departamenti direktori Aziz Siyayev “Sun’iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda” mavzusida ma’ruza qildi.

U AI texnologiyalari allaqachon bank ekotizimiga qanday integratsiya qilingani, qanday raqamli loyihalar amalga oshirilgani va mijozlar uchun ushbu texnologiya qanday yangi imkoniyatlar yaratib berayotgani haqida so‘zlab berdi.

“Biz uchun sun’iy intellekt shunchaki texnologiya emas — u mijozlarni chuqurroq tushunish va ularning bank bilan o‘zaro aloqasini yanada qulay va sodda qilish vositasidir. Biz inson uchun ishlaydigan, unga xizmat qiladigan raqamli yechimlar yaratamiz”, — deya ta’kidladi Aziz Siyaev.

Raqamli kelajak markazida

InfinBANKning KEY TECH konferensiyasidagi ishtiroki bankning raqamli innovatsiyalarni rivojlantirish borasidagi strategik yo‘nalishini va professional hamjamiyat bilan tajriba almashish istagini yana bir bor tasdiqlaydi. Bank o‘zining sun’iy intellekt ekotizimini faol ravishda shakllantirishni davom ettirmoqda — texnologiyalarni mijozlarga yanada yaqinlashtirmoqda.

Теги :
Jamiyat