$
 12009.92
-29.69
 13933.91
-58.52
 147.80
-1.37
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston xalqaro reytinglaridagi o‘rnini yaxshilamoqda

O

2025-yilning ikkinchi yarim yilligiga doir xalqaro reytinglar tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘plab yo‘nalishlarda sezilarli o‘sishga erishgan.

Barqaror rivojlanish

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichini 19 pog‘onaga yaxshilab, 167 ta mamlakat orasida 62-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston investorlar uchun xavfsiz bo‘lib bormoqda

Fitch Ratings O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi kredit reytingini ilk bor “BB-” dan “BB” darajasiga ko‘tardi. Bu 2018-yildan beri kuzatilayotgan birinchi o‘sish holatidir. Bu mamlakatning kreditga layoqati barqaror ekanini, investorlar uchun xavf pastligini bildiradi. Xalqaro moliya institutlari iqtisodiy barqarorlikni tan olmoqda.

Eng katta o‘sish

Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 48 pog‘onaga yuqorilab, 82,5 ball bilan 190 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi. Bu xalqaro reytinglarda eng katta ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Ayollar huquqlari, iqtisodiy faoliyati, mehnatga teng kirish imkoniyatlari bo‘yicha islohotlar samarasi sezilgan.

Iqtisodiy erkinlik o‘rta darajada

Iqtisodiy erkinlik indeksida esa O‘zbekiston 100-o‘rinni egallab, 3 pog‘onaga ko‘tarilgan. Bu yerda o‘sish bor, ammo ko‘rsatkich o‘rtacha darajada. Soliq tizimi, biznes yuritish qoidalari, investitsiya muhiti bo‘yicha islohotlar ta’siri sezilmoqda.

Mamlakatning harbiy salohiyati 7 pog‘onaga yaxshilangan

Harbiy kuch bo‘yicha Global Firepower reytingida mamlakat 58-o‘ringa chiqib, 7 pog‘ona yaxshilanishga erishgan. Global IQ reytingida 70-o‘rin qayd etilib, 10 pog‘onalik sezilarli sakrash kuzatilgan. Xavfsizlik indeksida O‘zbekiston nisbatan yuqori bo‘lgan 25-o‘rinni egallab, 4 pog‘onaga o‘sish qayd etgan.

Innovatsiya va pasportning kuchayishi

Innovatsiyalar bo‘yicha Global Innovation Index’da 79-o‘rin qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 4 pog‘onaga yaxshilangan. Henley pasport indeksida O‘zbekiston 62-o‘ringa ko‘tarilib, 2 pog‘onalik ijobiy o‘sishni qayd etdi.

Umuman olganda, infografikadagi barcha indekslar bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasi ijobiy tomonga o‘zgargan. Bu mamlakatda iqtisodiy barqarorlik, xavfsizlik, ta’lim, gender tengligi va islohotlar jarayonlarining izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat