$
 12033.28
64.69
 14060.89
40.88
 149.30
1.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Ayollar xavfsizligi va ularga adolat indeksida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi

gender

Ayollar ahvolini uch asosiy yo‘nalish — xavfsizlik, adolat va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirok darajasi orqali baholovchi Women, Peace and Security Index’ning 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan navbatdagi hisoboti eʼlon qilindi.

O‘zbekiston 98-pog‘onada

Unda O‘zbekiston 181 mamlakat orasida 98-pog‘onani egalladi. Natijada mamlakat ilk yuztalikka kirgan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo mintaqasidagi besh davlat orasida eng quyi o‘rinda qayd etildi. Hisobotda O‘zbekistondagi adolat ko‘rsatkichi 4 ballik tizimda 1,8 ball bilan baholangan.

Taqqoslash uchun, mazkur reytingda Qozog‘iston 72-o‘rin, Turkmaniston 74-o‘rin, Qirg‘iziston 84-o‘rin, Tojikiston esa 89-o‘rindan joy oldi. O‘zbekistonning umumiy bahosi 0,674 ballni tashkil etib, mintaqa davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

Ijobiy jihatlar

Shu bilan birga, tadqiqot ayrim ijobiy jihatlarni ham alohida qayd etadi. Jumladan, ayollarning mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish darajasi yuqoriligi, ularning o‘rtacha ta’lim olish davomiyligi 11,8 yil atrofida ekani e’tirof etilgan. Bundan tashqari, milliy parlament tarkibida ayollar ulushi qariyb 34 foizga yetgani ham ijobiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Biroq hisobotda muammoli masalalar ham ochiq tilga olingan. Xususan, turmush o‘rtog‘i tomonidan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlari 11 foiz atrofida baholangan. Shuningdek, ayollarning moliyaviy tizimlarga jalb etilish darajasi 40 foizdan past ekani qayd etilgan.

2025–2026 yillar reytingida Daniya birinchi o‘rinni egallab, ayollar tinchligi va xavfsizligi eng yuqori darajada ta’minlangan davlat sifatida e’tirof etilgan.

Теги :
Jamiyat