Eng ko‘p imtiyoz olgan korxonalar nomi ma’lum qilindi
I yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari jami 63,4 trillion so‘mni tashkil etgan.
3 daqiqa o‘qiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekistonda tashkilotlarning 2024-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanganlik holatini tahlil qildi. Unga ko'ra, I yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari jami 63,4 trillion so‘mni tashkil etgan.
Jami imtiyoz summasi 39 trln. so‘mni tashkil qilgan
Unga ko‘ra, I yarim yillik yakuni bo‘yicha foydalanilgan umumiy soliq va bojxona imtiyozlari jami 63,4 trillion so‘mni tashkil etgan. Ya’ni, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar natijasida shuncha mablag‘ korxona va tashkilotlar ixtiyoriga qoldirilgan. 2023-yilda bu ko‘rsatkich 127,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Soliq imtiyozlaridan 132 059 ta tashkilot foydalangan, qo‘llangan jami imtiyoz summasi 39 trillion so‘mni, qo‘llangan soliq imtiyozlarining 82,2 foizi yoki 32,1 trillion so‘mi qo‘shilgan qiymat solig‘i (16 trillion so‘mi QQSdan nol darajali stavka) hisobiga to‘g‘ri keladi.
UzAutoMotors AJ — 281,8 mlrd. so‘m;
Uz-Kor Gas Chemical MCHJ QK — 224,3 mlrd. so‘m;
Uzcard — “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ — 145,7 mlrd. so‘m;
Uzbekistan Airports AJ — 145,1 mlrd. so‘m;
“O‘zbektelekom” AJ — 131,2 mlrd. so‘m;
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ — 121,4 mlrd. so‘m;
“Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ — 116,9 mlrd. so‘m.
Bojxona imtiyozlaridan 10 454 ta korxona foydalangan
Bojxona imtiyozlari (bojxona yig‘imi, boji, aksiz va qo‘shilgan qiymat solig‘i)dan 10 454 ta korxona foydalangan bo‘lib, qo‘llangan jami imtiyoz summasi 24,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ hamda bank-moliya tashkilotlarini hisobga olmaganda, eng yirik imtiyozdan foydalanuvchi tashkilotlar qatoridan quyidagilar o‘rin oldi:
UzGasTrade — 1,07 trln. so‘m;
OKMK — 344,3 mlrd. so‘m;
“O‘zbektelekom” — 300,6 mlrd. so‘m;
ACWA Power Dzhankeldy Wind — 277,1 mlrd. so‘m;
BYD Uzbekistan Factory — 274,4 mlrd. so‘m;
ACWA Power Bash Wind — 273,8 mlrd. so‘m;
Enter Engineering, Olmaliq PU — 266,7 mlrd. so‘m;
Panorama Airways — 240,2 mlrd. so‘m;
Enter Engineering, Boysun GQIZ — 203,9 mlrd. so‘m;
Uzbekistan Airways — 196 mlrd. so‘m;
ADM Jizzakh — 158,6 mlrd. so‘m.
Ikkala imtiyozdan foydalangan korxonalar soni 4 630 ta
Bir vaqtning o‘zida ham soliq ham bojxona imtiyozlaridan foydalangan tashkilotlar soni 4 630 tani tashkil etib, qo‘llangan imtiyoz summasi 39,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Qo‘llangan imtiyozlar summasi 100 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Ular orasida: UzAutoMotors, BYD Uzbekistan Factory, ADM Jizzakh avtomobil zavodi, Enter Engineering, Boysun GQIZ, DM Enter Engineering Pte Ltd, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports kabilar bor.



