Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +12° kechasi +6°

2025-yildan boshlab jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslarning aylanmasi QQSga tortiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

2025-yildan boshlab jamoat transporti uchun QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zgartirishlar va bekor qilinayotgan imtiyozlar

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish aylanmasi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

QQS imtiyozlari bekor qilinadi

Bunda yangi yildan boshlab yagona tarif bo‘yicha yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun QQS imtiyozlari to‘xtatiladi. Hozirda ular shahar jamoat transporti (taksidan tashqari) va shaharlararo poyezdlar uchun amal qiladi.

Shuningdek, yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozni bekor qilgan holda, mazkur yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkasi 50%ga kamaytiriladi.