$
 12265.77
7.39
 14492.01
36.93
 159.07
-0.42
weather
+26
Кечаси   +14°

Imtiyozli kredit, maosh kompensatsiyasi: Xususiy bog‘chalar uchun yangi imtiyozlar paketi ishga tushadi

Bog

4-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetgan. 80 foizlik maqsadga erishish uchun yangi bog‘cha o‘rinlari zarur, ayniqsa 39 ta tuman va shaharda qamrov 70 foizdan past qolmoqda.

Kadrlar masalasi

Taqdimotda kadrlar masalasi ham asosiy muammo sifatida ko‘rsatildi. Davlat bog‘chalari pedagoglarining 61 foizi, xususiy bog‘chalar xodimlarining esa 76 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega. Bu esa ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Yangi avlod bog‘chalari

2026–2028-yillarda har bir hududda 120 o‘rinli davlat bog‘chalari va bolalar rivojlantirish innovatsion markazlarini o‘z ichiga olgan «Yangi avlod» tarmog‘i tashkil etiladi. Ushbu muassasalarda rahbar va tarbiyachi-yo‘riqchi lavozimlari joriy etilib, pedagog va rahbarlarga oylik tarif stavkasining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Shuningdek, bir yillik tayyorlov guruhlarini nodavlat ta’lim tashkilotlariga ham ochishga ruxsat beriladi. Bu bozorda sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bolalar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi.

Biznes uchun qo‘llab-quvvatlash

Qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahridan tashqari) xususiy bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi mexanizmlar joriy etiladi.

Jumladan, maktab va bog‘chalar hududidagi bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etilganda, ijara to‘lovlari 30 yilgacha undirilmaydi. Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog‘chalarida bir bolaga to‘g‘ri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2024-yildan tashkil etilgan nodavlat bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.

150 o‘rindan kam bo‘lmagan xususiy bog‘chalar uchun 5 mlrd so‘mgacha 7 yillik imtiyozli kredit ajratiladi, tarbiyachilar maoshi 3 yil davomida davlat normativlari asosida kompensatsiya qilinadi. Bundan tashqari, bunday tadbirkorlar 2030-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Mazkur imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.

Теги :
Jamiyat