$
 11997.83
18.19
 13967.87
66.7
 167.31
-0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Imtihon mashmashalari: Bu yilgi davlat imtihonlar turli noroziliklarga sabab boʻlmoqda

Imtihon

Ma'lumki, 14-iyuldan oliy ta'limga kirish uchun davlat imtihonlari boshlangan. Ushbu imtihon davrida har yilgidek turli xil noroziliklar bo‘lmoqda. Imtihonlar esa bu yilgi abituriyentlar kamligi sababli 24-iyulgacha bo'lishi rejalashtirilgan. O‘zi, imtihon jarayonlari qanday ketmoqda?

Prezident bilan koʻrishgan qiz imtihonsiz talabaga aylandi 

Oʻtgan hafta yakunida Prezident Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida M.S. ismli qizga oʻzi istagan oʻqishga kirish uchun omad tilagan edi. Bundan oʻzicha "xulosa" chiqargan Oliya taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining vakillari ushbu qizga imtihonsiz talaba boʻlganligi haqida sertifikat topshirishdi. Tabiiyki bu juda koʻp eʼtirozlarga sabab boʻldi, shulardan biri telegramdagi "Matbuot raisi" kanali tomonidan

"Agar bunga hech kimda javob boʻlmasa, ishlamaydigan konstitutsiya kimga kerak? "

""Men intervyuda Davlat rahbarining “shu qizni universitetga qabul qilinglar” degan soʻzlarini eshitmadim. Singlimizga ham hech qanday e’tirozim yoʻq. E’tirozim, haybarakalla qilib shu qizga “maxsus imtiyoz” berib o‘qishga qabul qilishda bosh-qosh boʻlganlarga. Masalan mani qishlogʻimda oʻqishga jonini berib tayyorlanayotgan Muxlisaning aybi nima? Prezident bilan koʻrisha olmaganimi? Agar bunga hech kimda javob boʻlmasa, ishlamaydigan konstitutsiya kimga kerak? Yagona umidim, har qalay qachonlardir, haqiqiy ijtimoiy demokratik davlatga aylanishga faqat bir shaxsda emas, butun tizimda harakat boshlanganda bizda mukammal konstitutsiya boʻlarkan" - deydi kanal egasi

"Eski hammom - eski tos" 

Oʻtgan yillarda boʻlgani kabi bu yil ham "Temurbeklar" maktabi bitiruvchilariga berilgan imtiyozlar eʼtirozlarga sabab boʻldi. Xususan, bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev quyidagicha fikr bildirdi: "O‘tgan yili Temurbeklar maktabiga beriladigan adolatsiz imtiyozdan norozi bo‘lib, rosa ko‘p chiqishlar qilingandi. 189 ball olsa ham kontraktga tushib qolgan abituriyentlar misolida bu tizim noto‘g‘ri ekanligi ko‘p bora ta’kidlangandi. Oradan bir yil o‘tdi. Yana o‘sha eski tos, eski hammom. Joriy yilda ham osmondan qo‘shimcha ballga ega chiqqan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqa bilimli yoshlarning oyog‘iga tushov bo‘lishda davom etadi. Shu davlatning oddiy maktabida o‘qigan 800 ming o‘quvchi eng maksimal ball olsa ham, ya’ni bironta xato qilmasdan savollarning barchasiga to‘g‘ri javob bersa ham, lekin Temurbeklar maktabini bitirgan o‘quvchilardan pastda turaveradi. Chunki bu yoshlarning aybi, oddiy maktabda o‘qiganida. Bechoralar..."

"Saviyasi bir tiyinga qimmat testlar"

"Tashkent law school" oʻquv markazi oʻqituvchilari, huquqshunoslik fanidan DTM tuzgan testlarni "saviyasi bir tiyinga qimmat" deya baholadi. Ularning aytishicha, testlar 4 ta maktab kitobi va Konstitutsiyadan tushishi kerak edi, ammo ularning yarmi kodekslardan tushgan. "Hatto biz ham yechishga qiynalamiz" deydi oʻqituvchilardan biri.

Теги :
Jamiyat