$
 12074.28
37.07
 14218.67
147.17
 160.86
1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi naqdsiz uy-joy savdosi ijara narxlariga qanday ta’sir qildi?

ijara

Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdisida hisob-kitoblarning naqdsiz shaklga o‘tkazilishi ijara bozorida keskin narx oshishiga olib kelmagan.Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan OLX platformasidagi 1,7 milliondan ortiq e’lonlar asosida o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, aprel oyida umumiy median ijara narxi mart oyidagidek 550 dollar darajasida o‘zgarishsiz qoldi, bu esa 2025-yilning apreliga nisbatan ham 0 foizlik o‘sishni anglatadi.

Ko‘p xonali uylar arzonlashdi

Bozorga chiqarilgan e’lonlar soni esa yanvar-mart oylaridagi o‘rtacha 22,6 mingdan aprelda 22,8 mingga yetib, bor-yo‘g‘i 0,8 foizga oshdi. Biroq xonalar kesimidagi o‘zgarishlar ancha farqli: 1 xonali uylar narxi 400 dollargacha ko‘tarilib, yillik 14,3 foiz o‘sishni, 2 xonali uylar esa 550 dollar bilan 10 foiz o‘sishni ko‘rsatmoqda. Aksincha, ko‘p xonali segmentda pasayish kuzatildi: 3 xonali uylar 700 dollargacha (-12,5%), 4 va undan ko‘p xonali uylar esa 850 dollargacha (-26,1%) arzonlashdi.

Eng qimmat tumanlar

Hududiy tahlilga ko‘ra, Mirobod (800 dollar), Shayxontohur (750 dollar) va Yakkasaroy (700 dollar) eng qimmat tumanlar bo‘lib qolmoqda, biroq aynan shu premium hududlarda narxlarning yumshashi kuzatildi: Shayxontohurda 25 foiz, Mirobodda 11,1 foiz va Yakkasaroyda 6,7 foizga pasayish qayd etildi. Eng arzon ijara narxlari Bektemir (390 dollar), Sergeli va Uchtepa (400 dollardan) tumanlarida shakllangan. Shu bilan birga, Olmazor (+12,5%) va Mirzo Ulug‘bek (+9,1%) tumanlari eng yaxshi ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, yangi islohot hozircha narxlar sakrashiga sabab bo‘lmadi, biroq ijarachilar uchun 3-4 xonali uylar bo‘yicha muzokara imkoniyati oshgan bir paytda, kichik hajmdagi uylar segmentida talab yuqoriligicha qolmoqda. Islohotning bozorga uzoq muddatli ta’sirini aniqlash uchun 2026-yilning 2-3-choraklari monitoringi muhim sanaladi.

Теги :
Jamiyat