$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent shahar IIBB ketma-ket etnik kamsitish va mahalliychilikni targ‘ib qilmoqda(mi?)

IIBB

Toshkent shahar IIBB so‘nggi uch oyda poytaxtda fohishalik bilan shug‘ullangan 1068 nafar shaxsni ushlagan, boshqarmaning axborotida ularning 92,8 foizi (992 nafar) "viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan"i aytilgan. Ya’ni, Toshkent shahar IIBB fohishalarni hududlarga ajratmoqda.

Maqolaning g‘alati mazmuni

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi 6-aprel kuni o‘zining rasmiy saytida “Fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslar javobgarlikka tortildi” sarlavhasi bilan hisobot tarzidagi maqola e’lon qildi. Ajablanarlisi, maqolada 3 oy davomida poytaxtda fohishalik bilan shug‘ullangan shaxslarning 92,8 foizi "viloyatlardan" ekanligiga alohida urg‘u berilgan. “Joriy yilning uch oyi davomida Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 1 068 nafar shaxslar aniqlangan bo‘lib, ma’muriy tartibda javobgarlikka tortilgan. O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992 nafar) viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan”, deya bayon qilingan maqolada.

Jamoatchilik munosabati

Mavzuga ko‘plab tarmoq va jamoat faollari munosabat bildirdi. Masalan, jurnalist Abror Zohidov bu holatga e’tibor qaratib, "biror ayol halqa yo‘lidan uyoqda yashab, tunda shahar ichida "hangoma" ko‘rsatsa, rasman mahalliychilik qilish mumkin bo‘ladimi?", deya o‘z fikrini yozib qoldirgan. Jurnalist agar bu usul davom ettirilsa, poraxo‘rlik qilayotgan amaldorlarni ham viloyatma-viloyat etnik ajratish kerakligini bildirgan. "Endi Toshkan IIBBsiga bir maslahat – shu yo‘nalishni mahkam ushlanglar. Misol uchun: “So‘nggi bir yilda katta miqdorda poraxo‘rlik bilan shug‘ullanib kelgan o‘nta vazir ushlandi. Ularning to‘qqiztasi viloyatlik ekanligi afsuslanarli. Ayniqsa, uzoq Xorazmdan kelib poraxo‘rlik qilayotgan ministrlar borligiga qandoq chidash mumkin?!” degan jarangdor xabarlar kutamiz", deb yozadi Zohidov o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar IIBB bunday etnik kamsitishga birinchi marta qo‘l urayotgani yo‘q. Bir necha yil avval ham qidiruvdagi fuqaroni "viloyatliklarga o‘xshab kiyingan" deb ta’riflagan. Bu ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan va keyinchalik o‘chirib yuborilgan.

Теги :
Jamiyat