$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Diplom IELTS o‘rnini bosadi: O‘zbekistonda magistratura uchun til to‘sig‘i bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda xorijiy tilda tahsil olgan talabalar uchun magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikatini taqdim etish talabi bekor qilinadi. Ushbu tartib Prezidentning 2026-yil 10-apreldagi oliy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid farmonida o‘z aksini topgan.

Sertifikat kimlarga kerak bo‘ladi?

Til sertifikatini talab qilish tartibi saqlanib qolsa-da, endilikda u ta’lim yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.

  • Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha avvalgidek C1 darajasi talab etiladi.
  • Aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, IT va iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun B2 darajasi kifoya qiladi.
  • Pedagogika, tibbiyot, madaniyat, sport, muhandislik, qishloq xo‘jaligi va arxitektura kabi qator sohalarda esa til sertifikatiga doir talablar yumshatiladi.

OTMlar reytingi va yangi rag‘batlar

2027-yildan boshlab universitetlarni moliyalashtirish ularning milliy reytingdagi o‘rniga qarab belgilanadi. Baholash jarayonida oliygohning ilmiy faoliyati, raqamlashtirish darajasi, xalqaro aloqalari va bitiruvchilarning bandligi asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, 10 ta yetakchi oliygohga "Milliy tadqiqot universiteti" maqomi beriladi.

Grantlar va qabulning yangi tizimi

Mamlakatda yiliga 500 nafargacha xorijiy talabalarni qamrab oluvchi “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi ishga tushiriladi. Shu bilan birga, hujjatlar “Study in Uzbekistan” platformasi orqali qabul qilinib, saralash shartlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi.

Теги :
Jamiyat