$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Mobil ilovalarda indentifikatsiyadan o‘tmasdan turib, ayrim amaliyotlarni bajarish imkoniyati cheklanmoqda

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalarida indentifikatsiyadan o‘tmasdan turib, chiquvchi amaliyotlarni bajarish imkoniyatini cheklash talab qilinmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan banklarga tegishli ko‘rsatma xati yuborilgan, deb xabar bermoqda davletovuz Telegram kanali.

Yangi tartib qanday ishlaydi?

O‘zbekistondagi barcha bank va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalarida identifikatsiyadan o‘tmagan foydalanuvchilar uchun chiquvchi tranzaksiyalar cheklanadi. Shu jumladan:

• Kartadan kartaga pul o‘tkazmalari

• To‘lov va boshqa amaliyotlar

• Ilovaga yangi qurilmadan kirgan foydalanuvchilar identifikatsiyadan o‘tmaguncha hech qanday amaliyot bajara olmaydi.

Agar mijoz parol va maxsus kodni to‘g‘ri kiritgan bo‘lsa ham, identifikatsiyadan o‘tmaguncha tranzaksiya amalga oshirib bo‘lmaydi.

Firibgarlikka qarshi chora sifatida

Markaziy bank ko‘rsatmalarida bu tartib kiberfiribgarlik xavfini kamaytirish maqsadida tatbiq etilayotgani qayd etilgan. So‘nggi vaqtlarda mobil ilovalar orqali firibgarlik operatsiyalari ortayotgani sababli, identifikatsiyani majburiy qilish orqali mijozlarning mablag‘lari yaxshiroq himoyalanishi ta’kidlangan.

Banklar va to‘lov ilovalarida FACE ID talab qilinmoqda

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ayrim banklar va to‘lov tashkilotlari Face ID yoki boshqa biometrik tekshiruvsiz tranzaksiya bajarish imkoniyatini cheklab qo‘ygan. Moliya tashkilotlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu komplayens xizmati tavsiyasiga asosan amalga oshirilgan va mijozlarning mablag‘larini firibgarlardan himoya qilishga qaratilgan.

10-fevraldan keyin banklar firibgarlik natijasida yetkazilgan zararni qoplaydi

2025-yil 10-fevraldan boshlab, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, bank yoki to‘lov tashkilotlari firibgarlik natijasida mijozga yetkazilgan zararlarni o‘z hisobidan qoplashga majbur bo‘ladi. Markaziy bank ushbu talablarning qat’iy bajarilishini nazorat qilishini bildirdi. Bu chora bilan bank operatsiyalarining xavfsizligi oshishi, mijozlar esa o‘z mablag‘larini firibgarlardan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Теги :
Jamiyat