$
 12813.04
-12.39
 13457.54
-36.09
 122.60
1.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Coca-Cola yoki Pepsi?: Qaysi brend O‘zbekiston bozorida yetakchi?

Coca-Cola yoki Pepsi

O‘zbekiston ichimlik bozorida bugungi kunda ikki brend ostidagi ichimliklar — Coca-cola va Pepsi yetakchilik qilmoqda. Har ikki nom ham o‘z brendi uchun qayg‘uradi. Qiziq, qaysi brend ichki bozorda yetakchi?

Coca-Cola

Joriy yilda Coca-Cola kompaniyasi bir qator qiyinchiliklarga duch kelgan. Ichimlikning bir qancha mamlakatlarda sotuvlar va daromadlar pasaygan, biroq O‘zbekiston ular orasida emas. Yanvar-oktyabr oylarida Coca-Cola Ichimligining O‘zbekistondagi savdo aylanmasi 5,68 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu oylariga nisbatan 15,5 foizga ko‘p. 

Pepsi 

Yana bir yirik ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya International Beverages esa yuqoridagi asosiy raqobatchisidan farqli yilni biroz sust holatda yakunlamoqda. Pepsi, Adrenalin Rush, Mirinda, Lipton, 7up va Mountain Dew nomi ostidagi ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya so‘nggi 10 oy ichida 3 trillion dollarlik sotuvga erishgan. Bu 2023 yildagidan 2,3 foizga kam. Buning natijasida hozirda kompaniyalar o‘rtasidagi tafovut 2,6 trln.ni tashkil etmoqda. Ahamiyatlisi, roppa-rosa bir yil oldin bu ko‘rsatkich 1,8 trln.ni tashkil qilgan.

Coca-Cola va O‘zbekiston

O‘zbekistondagi “Coca Cola İçecek” Turkiyaning “Andolu Group” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya mahsulotlari ayni paytda 200 dan ortiq mamlakatlar bozorlarini qamrab oladi. Ushbu kompaniyaning 950 ta zavodida 200 dan ortiq brendlar ishlab chiqariladi. O‘zbekistonning Toshkent, Urganch va Namangan shaharlarida ham uning zavodlari faoliyat yuritmoqda.

Теги :
Jamiyat