$
 12848.38
27.91
 13512.64
42.17
 120.07
-2.19
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar Hyundai kompaniyasiga ishga taklif qilinadi

hyundai

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik o‘rnatildi. “Hyundai Heavy Industries” kompaniyasi, O‘zbekiston fuqarolarini elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik va boshqa yuqori texnologiyali sohalarda ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda. Ular uchun kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Koreya kompaniyasiga ishga qabul

O‘zbekistonlik ishchilar Koreyada yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar ishchilar o‘z ishida muvaffaqiyatli bo‘lsa, kompaniya ularga viza turini yangilash va oilalarini ham Koreyaga olib borish imkoniyatini beradi.

Ulsan shahrida maxsus markazlar ochilib, O‘zbekiston fuqarolari malakali ishchilar sifatida tayyorlanishi rejalashtirilgan. Loyihada “Hyundai” va shahar hokimligi mablag‘larini jalb qilinadi.

Kelajakdagi kengayish va yangi imkoniyatlar

Birinchi bosqichda 350 nafar mutaxassis Hyundai kompaniyasiga yuboriladi. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, “Kia” va “Samsung” kabi yirik kompaniyalar ham ishchi kuchi talablari bilan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilishi mumkin.

Hamkorlikning asosiy talabi

“Hamkorlikning asosiy talabi - Koreyaning migratsiya va mehnat qonunchiligini buzmaslik, barchasi koʻngildagidak boʻlsa, biz salohiyatli ishchi kuchini kasbga tayyorlash uchun Oʻzbekistonga investisiya kiritish va munosib ish bilan ta'minlashga tayyormiz”, – dedi “Hyundai” kompaniyasining xorijlik ishchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi vise prezidenti Kim Seong Hoon.