$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Jamoada uni hamma yaxshi ko‘radi — Pep Gvardiola

Husanov

Bugun oqshom Angliya Premyer ligasi 27-tur markaziy o‘yinida “Manchester Siti” “Tottenxem”ni mag‘lub etdi. Ushbu bahsda O‘zbekiston MTJ a’zosi Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. 

Angliya Premyer ligasi 27-tur o‘yinlari tafsiloti

Bugun oqshom Angliya Premyer ligasi 27-turi doirasidagi to‘rtta uchrashuv yakuniga yetdi. Turning markaziy o‘yinida tarkibida o‘zbekistonlik himoyachi mavjud “Manchester Siti” hamda “Tottenxem” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. “Man Siti” Londonda Holandning goli evaziga “Tottenhem”ni mag‘lub etib, 47 ochko bilan 4-o‘ringa qaytdi. Ushbu bahsda O‘zbekiston MTJ a’zosi Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore nashri futbolchimizning harakatlariga 7 baho qo‘ydi. Shuningdek, ushbu turda Manchesterning yana bir boshqa jamoasi “MYU” “Ipsvich” ustidan qiyin g‘alabaga erishdi. Dorgu chetlatilgach maydonda 10 kishi qolgan Amorim shogirdlari 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. 2-o‘rindagi “Arsenal” 3-o‘rindagi “Nottinghem” maydoniga safar qilib durang o‘ynadi – 0:0.

Pep Gvardiola Husanov haqida nimalar dedi?

O‘yin yakunlangach, “Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Husanov haqida fikr bildirdi. “Menga yong yoqqan narsa - Husanov allaqachon kiyinish xonasining yoqimtoyiga aylangan. U bugungi o‘yinga tish cho‘tkasi va boshqa narsalar turadigan maxsus sumkasiz, shunchaki futbol o‘ynash uchun keldi. Siz unga gapirgan paytingiz, u faqat kulib turadi. Ammo u juda ishonchli o‘yinchi, juda tez, o‘ta epchil, to‘p bilan bergan paslarining sifati juda yuqori. U liniyalarni yorib o‘ta olyapti, ushbu qobiliyat unda bor. Albatta, u yaxshilashi kerak bo‘lgan jihatlar bor, ammo u endigina 20 yosh. Juda katta tezlikka ega o‘yinchilarni ko‘rganman, Abduqodir shundaylardan biri. Odamlar uni olqishlashmoqda. U kamgap, tinmay ishlaydi, nolimaydi, kamtar. “Siti” muxlislari uni juda yaxshi ko‘rib qolishlariga shubham yo‘q. “Chelsi”ga qarshi o‘yindan keyin o‘zini tiklab olish oson emasdi, ammo u o‘sha kundan boshlab o‘ta bosiqlik ko‘rsatdi. Oxirgi o‘yinlarda Husanovning ko‘rsatgan o‘yini juda juda ajoyib bo‘ldi”, — deydi Pep Gvardiola.

Теги :
Jamiyat