$
 11989.46
29.28
 13815.45
54.07
 149.48
-0.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Hududlar almashuvi boshlandi: O‘zbekiston ikki qishloqni Qirg‘izistonga topshirmoqda

hudud

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarning navbatdagi bosqichi boshlandi. Avval Farg‘ona viloyati tarkibida bo‘lgan Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlarini Qirg‘izistonga topshirish yuzasidan tashkiliy va texnik ishlar rasman yo‘lga qo‘yildi. Hozir hududlarda aholini ro‘yxatga olish, fuqarolik masalalarini hal qilish va hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Cho‘ng‘ara va Toshtepa Qirg‘iziston tarkibiga o‘tad

Hududlarni topshirish jarayoni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish hamda yer uchastkalarini teng maydon asosida almashish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda 24-iyul kuni Qirg‘izistonning Qadamjoy tumanida ikki mamlakat qo‘shma ishchi komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida topshirilayotgan hududlarda yashovchi aholining fuqarolik maqomi, ularni ko‘chirish tartibi, mulk huquqi, xo‘jalik faoliyati va boshqa tashkiliy masalalar batafsil muhokama qilindi. Tomonlar jarayonni bosqichma-bosqich va kelishilgan tartibda amalga oshirishga kelishib oldi.

Qishloqlarda ro‘yxatga olish va hujjatlashtirish boshlandi

3-avgustdan boshlab qo‘shma ishchi guruh bevosita Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlarida ish boshladi. Mutaxassislar har bir xonadonni ro‘yxatdan o‘tkazib, fuqarolarga keyingi bosqichlarda qanday hujjatlar rasmiylashtirilishi va jarayon qanday davom etishi haqida tushuntirish bermoqda. Qirg‘iziston tomonidan ishchi guruhga prezidentning Botken viloyatidagi vakilining birinchi o‘rinbosari Baqtibek To‘qsonboyev rahbarlik qilmoqda. O‘zbekiston tomonidan esa ishlarni Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari o‘rinbosari Behzod Sayfullayev muvofiqlashtirmoqda.

Qariyb 2,5 ming aholi Qirg‘iziston fuqaroligini oladi

Cho‘ng‘ara va Toshtepa qishloqlarida asosan etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Ikki aholi punktida jami qariyb 2,5 ming kishi yashaydi. Ro‘yxatga olish ishlari yakunlangach, ularga Qirg‘iziston qonunchiligida belgilangan tartib asosida fuqarolik berish jarayoni boshlanadi. Hududlar almashinuvi doirasida Qirg‘iziston O‘zbekistonga maydoni jihatidan teng bo‘lgan yer uchastkalarini topshiradi. Eslatib o‘tish joiz, bundan avval ikki davlat yana bir muhim kelishuvga erishib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolarini chegarani kesib o‘tgandan keyin 15 kun davomida majburiy ro‘yxatdan o‘tish talabidan ozod qilgan edi.

Теги :
Jamiyat