Hokimliklarda yangi tashkil etilayotgan tuzilma
Birnecha lavozimlar qisqartirilib, yangilari tashkil etilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Birnecha lavozimlar qisqartirilib, yangilari tashkil etilmoqda.
1-sentabrdan hokimliklarda o‘zgartirishlar
Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi.
Yangi lavozimlar va qisqartirish
Tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlarining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida:
—Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri,
viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari
boshlig‘i;
—tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari boshlig‘i etib belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimligi moliya boshqarmasining asosiy funktsiya va huquqlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hokimligi moliya boshqarmasi davlat boshqaruvi organi hisoblandi va yagona soliq-budjet siyosatini tashkil etish faoliyatini amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublika hokimligi moliya boshqarmasi tizimiga: shahar va tuman hokimliklarining moliya bo‘limlari kiradi.



