Zoir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladimi?
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning ma’lumot berishicha, bu haqdagi xabar asossiz.
1 daqiqa o‘qiladi

Hokim nimalar bilan band?
Viloyat rahbari doimgidek o‘z ishida va faoliyatini davom ettirmoqda. Bugun Olmaliq shahri markazida bo‘lgan hokim ahvolni tanqidiy o‘rgandi. Shahar markaziy bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari rastasida antisanitariya holati mavjudligini tanqid qildi, deydi Behzod Qobulov.
“Aytishlaricha, Zoir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi kutilmoqda. Xabar rasman tasdiqlanmagan”, deyiladi viloyat hokimining keyingi faoliyatini bashorat qilgan Telegram kanalidagi xabarda.
Bu birinchi holat emas
2023-yilning oktyabr oyida ham Zoir Mirzayevning qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarlar tarqalgandi. O‘sha xabar ham hokimlik axborot xizmati tomonidan rad etilgandi. Zoir Mirzayev 2021-yil noyabr oyidan beri Toshkent viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.