$
 12718.08
23.08
 13710.09
61.7
 137.82
-0.3
weather
+26
Кечаси   +14°

“Sobiq desant, bokschi”: Sankt-Peterburgdagi qahramon o‘zbek hikoyasi

Olim

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yong‘inda o‘zbekistonlik muhojir qahramonga aylandi. Podolskaya ko‘chasidagi tarixiy uy 25-aprel kuni erta tongda yonib ketdi. Yong‘inga birinchi bo‘lib ko‘cha supuruvchisi bo‘lib ishlagan Olim yetib keldi. Bu haqda “Ria Novosti” nashri xabar bermoqda.

Sakramanglar, ular sizni hozir qutqaradilar

“Men ishga kelgandim, hali ertalab olti edi. Derazadan olov chiqayotganini ko‘rdim va darhol o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qildim. Ular yetib kelganda olov shu qadar qiziganki, odamlar derazadan tashqariga chiqa boshlashdi. Ular tepada turishardi. Men ayollarni qichqirayotganini va sakrashni xohlayotganini ko‘rdim. Men ularga javob berdim: Sakramanglar, ular sizni hozir qutqaradilar”, – deydi Olim.

Agar bu sahna o‘tkinchilar tomonidan suratga olinmaganida, uning jasorati noma’lum qolar edi

Ammo qo‘rquvdan sarosimaga tushgan ayollar uchinchi qavatdan sakrashga shaylashayotgandi. Shu lahzada Olim akrobat kabi drenaj trubasiga ko‘tarila boshladi. Bir nechta soniyada mohir harakatlar bilan u yong‘in jabrlanuvchilari yoniga yetib bordi. Olim ayollardan biriga trubani ushlashga yordam berdi, chunki olovdan chiqqan tutun va issiqlik tufayli derazada qolishning iloji yo‘q edi. Va keyin o‘t o‘chiruvchilar kelib, narvonni o‘rnatdilar. Farrosh ayollarni pastga tushirishga yordam berdi. Agar bu sahna o‘tkinchilar tomonidan suratga olinmaganida, uning jasorati noma’lum qolar edi. Ijtimoiy tarmoqlarda jasur muhojirning videosi paydo bo‘ldi.

7 yildan beri Sankt-Peterburgda yashayotgan Olim

 “U haqiqiy qahramon”, deb yozadi videoning izohida odamlar.

Olim 48 yoshda. U 7 yildan beri Sankt-Peterburgda yashaydi. O‘zbekistondan kelgan. Uy-joy kommunal xo‘jaligida ishlaydi.

“U bizning qahramonimiz”, deydi xo‘jalik boshlig‘i.

Sobiq bokschi va desant

Olimning aytishicha, uning chaqqon harakatlari bejizga emas.

“O‘zbekistonda boks bilan shug‘ullanganman va desantchilar safida xizmat qilganman”, — deydi u va qo‘shimcha qiladi: “Agar 7-qavatga ko‘tarilish kerak bo‘lsa, men ko‘tarilgan bo‘lardim. Hammasi qanday sodir bo‘lganini eslay olmayman. Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. Men yerda turolmadim va ularga qaray olmadim, ular juda qichqirishdi. Biz hammamiz insonmiz, birga yashaymiz, bir-birimizga yordam berishimiz kerak”.

Теги :
Жамият