Ozaman deb arosatda qolmang
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan, biroq internet orqali onlayn sotilayotgan ozdiruvchi mahsulotlarning ro‘yxatini e’lon qildi.
2 daqiqa o‘qiladi

O’zbek ayollari juda ishonuvchan. Ayniqsa, internet tarmoqlarda reklama qilinadigan turli ozish uchun mo’ljallangan mahsulotlarning qanday ta’sir qilishiga ham qaramay sotib olib foydalanib ko’rishga urinishadi. Biroq bu mahsulotlarning hammasi ham qonuniy sotilmaydi.
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ozdiruvchi mahsulotlar ro‘yxati
Quyidagi mahsulotlarni O‘zbekiston hududida realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanadi:
- Reborn Ultimate
- Lipotrim Ultra
- “Seksualnaya figura”
- Al-Sheikh
- Fatzorb
- Fatzorb Ultra
- Fatzorb Plus
- Spirulina
- Arabic
- Reduksin Layt
- Kod S
- Shafran diet
- Gold Puma
- “Blokator jira”
- Hot pepper
- “Fermentaiz”
- "Lipoksin dlya poxudeniya"
- “Kuaymыy Extra”
- Slim ultra (Samyun Wan)
Taqiqqa sibutramin moddasi sababchi
O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlarning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Mazkur modda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Jazo qanday?
Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud jo‘natish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo’ladi.
Bu bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun Vazirlar mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 818-son qarori bilan tegisli ro’yhat tadiqlangan bo’lib, unda 78 ta xalqaro potentlanmagan moddalarning nomi keltirilgan. Ushbu moddalarning har birining turi bo’yicha ko’p miqdorni tashkil qiluvchi hajm belgilangan – bu jinoiy qilmishni malakalash uchun muhim hisoblanadi.



