$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

"Aqlli hassa" innovatsiyasi

Hassa

UNICEF xabar berishicha, surxondaryolik yosh innovatorlar koʻzi ojizlar uchun “aqlli hassa” yaratdi.

Ijtimoiy faollik 

Xabarda yozilishicha, surxondaryolik aka-uka Mashhurbek va Abdumalik Qarshiyevlar hamda ularning singlisi Muharram oddiy hassani innovatsion “aqlli hassa”ga aylantiradigan noyob qurilma yasagan. Hassa koʻrish qobiliyati boʻyicha nogironligi boʻlgan insonlarga erkin harakatlanish va jamiyat hayotida ijtimoiy faol boʻlishga yordam beradi.

Xabarda aytilishicha, oʻsmirlarda bu qurilmani yasash gʻoyasining paydo boʻlishiga mahalladagi koʻzi ojiz insonlarga yordam berish maqsadi turtki boʻlgan.

Qanday funksiyalarga ega?

U ovozli yordamchi, akselerometr, kompas va doimiy yangilanib turadigan funksiyalarni oʻz ichiga oladi.

“Elektron gapiradigan aqlli hassamiz uchun turli sensorlar, xususan, toʻsiqlarni aniqlash uchun ultratovushli sensorlardan foydalandik”, — deydi ixtirochilardan biri.

Qorong'ida yorug'lik chiqarishidan maqsad...

Hassa, shuningdek, qorongʻida yorugʻlik chiqarib, atrofdagilarga oʻz egasini koʻrsatishga yordam beradi. Toʻsiqlar haqida esa 1-2 metr masofa qolganda ogohlantiradi.

“Har bir inson boshqalar bilan teng munosabatga loyiqdir. Diskriminatsiyani odamlar oʻzlari yuzaga keltiradilar. Keling, jamiyatimizda hammaga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishiga ishonch hosil qilish uchun birgalikda harakat qilaylik”, — deb taʼkidlagan Muharram.

GPS funksiyasi 

Unda GPS funksiyasi ham boʻlib, bu foydalanuvchining qayerda ekanligini bildiradi. Hassa yoʻqolib qolganda esa bu funksiya uni kuzatish imkoniyatini taqdim qiladi. Yordam kerak boʻlganda ham hassada buni bildirish imkoni bor. Tayoqcha ustidagi reflektorlar atrofdagilarga yordam berish signalini uzatadi.

“Oʻzbekistonda yoshlarga ishonch bildirilib, imkoniyatlar berilsa, ularning salohiyati chegara bilmaydi. Biz boshqalarni ilhomlantirishga hamda barcha uchun yaxshi kelajak yoʻlida oʻzgarishlar tashabbuskori boʻlishga intilamiz”, – deydi Abdumalik.


Теги :
Jamiyat