Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
21-avgust kuni prezident bu haqda tegishli qarorni imzoladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Endilikda harbiy tizimdagi organlarda “katta leytenant” maxsus unvonida xizmat o‘tash muddati 3 yil etib belgilandi.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibidagi o‘zgarishlar
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
“katta leytenant” – 3 yil;
“kapitan” – 4 yil;
“mayor” – 5 yil;
“podpolkovnik” – 6 yil.
Davlat bojxona xizmati organlaridagi o‘zgarishlar
Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;
“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;
“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;
“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil.
Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi
Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;
“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;
“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;
“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil.
Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi
Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:
“katta leytenant” – 3 yil;
“kapitan” – 4 yil;
“mayor” – 5 yil;
“podpolkovnik” – 6 yil.
Pensiyaga chiqish uchun xizmat muddati uzaytirildimi?
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish mumkinligi haqida axborot tarqaldi.
Ichki ishlar vazirligi holat bo‘yicha shunday izoh berdi:
“Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25 yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan, bu yolg‘on”, – deya xabar bermoqda IIV.
Amaldagi qonunchilikda
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20 yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladi.



