$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Harbiy xizmatchilarning ijara to'lov kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi

Harbiy

24-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

10 yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan xizmatchilarga imkoniyatlar

Prezident qarori bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi:

2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga ijarada turganlik uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi;

2025-yil 1-iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish ko‘rsatkichlari asosida uy-joy bilan ta’minlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.

Avvalgi qarorga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Prezidentning 2005-yil 30-iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

2025-yil 1-martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:

Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;

Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;

boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilandi.

Oila a’zolari 3 kishidan ortiq xizmatchilarning kompensatsiyasi 50 foizga oshiriladi

Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. 2026-yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.

Теги :
Jamiyat