$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston 26 yillik tanaffusdan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida yana oltin medalni qo‘lga kiritdi

Dmitriy Chigirev and Yekaterina Geynish Harbin

Xitoyning Harbin shahrida o‘tayotgan qishki Osiyo o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa a’zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Harbindagi ilk medal

O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Xitoyning Harbin shahrida o‘tayotgan musobaqada figurali uchish bo‘yicha terma jamoa a’zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi 176,43 ball jamg‘arib, eng yaxshi natijaga erishdi va qishki Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni KXDR vakillari Ryom Te Ok va Xan Kum Chol qo‘lga kiritdi. Yaponiyalik Yuna Nagaoka va Sumitada Moriguchi uchinchi bo‘ldi.

O‘zbekiston reytingga qo'shildi

Ushbu medal O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Harbindagi qishki Osiyo o‘yinlaridagi birinchi medali hisoblanadi. Umumjamoa hisobida Xitoy 31 oltin, 26 kumush va 22 bronza bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekistonliklar (1-0-0) Janubiy Koreya (12-13-12), Yaponiya (7-7-13) va Qozog‘istondan (3-7-5) keyin beshinchi o‘rinda bormoqda. Harbin-2025 o‘yinlari 14-fevralda yakunlanadi. O‘zbekiston sportchilari bundan avvalgi oltin medalni 1999-yilda Janubiy Koreyaning Kangvon shahrida o‘tgan Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan. O'shanda figurali uchishda Tatyana Malinina yakkalik bahslarida birinchi bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat