Bu safar teskarisi: Toshkentliklarni haqoratlagan qiz 10 sutkaga qamaldi
Sud N.X. ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda toshkentliklarni haqoratlagan 25 yoshli qiz 10 sutkaga qamaldi.
Qiz talaba boʻlgan
Qarorga ko‘ra, joriy yil 4-fevral kuni 2000-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, “ISFT” institutining 3-bosqich talabasi X.N. ning Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent shahri aholisini turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan videosi tarqalgan.
Bugun, 10-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi binosida unga nisbatan ma’muriy ish ko‘rilgan. Sudda N.X. aybiga iqrorlik bildirib, 5-fevral kuni tarqalgan video aslida bir oy oldin uning Instagram sahifasining hikoyalar bo‘limiga joylanganini bildirgan.
Mayda bezorilik