$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi baʼzi oʻqituvchilarga kabinet mudirligi uchun ham haq toʻlanadi

haq

Oʻzbekistonda fizika va kimyo fani oʻqituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrugʻi bilan umumiy oʻrta ta'lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat byudjeti hisobidan ajratilayotgan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumta'lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Ayrim lavozimlar qisqartirildi

Endilikda faqat “kutubxona mudiri” shtab birligi mavjud boʻladi. Sinflar soni 16 taga yetmaguncha “Kutubxonachi” shtat birligi ochilmaydi. Sinflar soni 30 va undan ortgan taqdirda ham Kutubxonachi” shtab birligi qoʻshib berilmaydi.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablari va ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida psixolog lavozimi shtat birligi qisqartirildi.

Bunda oʻquvchilar soni 1 500 nafar boʻlganda 1 shtat birlik, 1 500 nafardan oshganda 2 shtat birlik psixolog lavozimi ajratilishi belgilandi.

Kabinet mudirligi uchun 525 ming soʻm

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani oʻqituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming soʻm) kabinet mudirligi uchun har oy qoʻshimcha haq toʻlanadi.