$
 12073.42
-72.23
 14134.35
-134.36
 164.47
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Fanlar akademiyasi hantavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi

hantavirus

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hantavirusning yangi shtammi mamlakatda tarqalishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Uzoq muddatli va juda yaqin aloqa kerak

May oyi boshida Atlantika okeanida harakatlangan xalqaro kemalardan birida hantavirus tarqalgandi. JSST bunga Janubiy Amerikaga xos bo‘lgan “Andes” shtammi sabab bo‘lganini tasdiqlagan.

Ushbu shtamm odamdan odamga yuqishi mumkin, biroq buning uchun uzoq muddatli va juda yaqin aloqa talab etiladi. Mutaxassislar virus gripp yoki COVID-19 kabi tez tarqalmasligini, shu sababli yangi global pandemiya xavfi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Fanlar akademiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonda odamdan odamga yuqadigan “Andes” shtammi umuman qayd etilmagan. Mintaqada uchraydigan hantaviruslar esa faqat yovvoyi kemiruvchilar orqali yuqadi va odamdan odamga tarqalmaydi.

Infeksiya qanday yuqadi?

Qayd etilishicha, infeksiya asosan sichqon yoki kalamush chiqindilari aralashgan changni yutish yoki noto‘g‘ri saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi mumkin. Hozirda Fanlar akademiyasi olimlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vaziyat doimiy nazorat qilinayotgani bildirildi.

Mutaxassislar uzoq vaqt yopiq turgan dala hovli va yerto‘lalarni tozalashda niqob taqish, namlab tozalash hamda oziq-ovqatlarni yopiq joyda saqlashni tavsiya qilgan.

Теги :
Jamiyat