$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoy O'zbekistonning eng yirik hamkori bo'lishda davom etmoqda

Xitoy Uzb

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik tashqi hamkori bo‘lib qolmoqda. Umumiy tashqi savdoning 21,5 foizi ushbu mamlakatga to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Rossiya va Qozog‘iston egalladi.

Statistika

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar ro'yhatini e'lon qildi(AQSH dollarida). Unga koʻra tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln AQSh dollariga yoki 10,5 % ga oshgan.

Reyting natijalari

Reytingda Xitoy 2,1 mlrd. dollar bilan 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Rossiya 1,7 mlrd. dollar bilan 2-o'rinni band qildi. Keyingi oʻrinlarda esa quyidagilarni koʻrish mumkin: 

— Qozog‘iston – 581,8 mln

— Turkiya – 435,5 mln

— Koreya – 368,8 mln

— Fransiya – 191 mln

— Turkmaniston – 184,6 mln

— Germaniya – 174,3 mln

— Hindiston – 136,4 mln

— Afg‘oniston – 131,8 mln

9,9 mlrd. dollarlik TSA

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 151 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan bo'lib uning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd. AQSH dollaridan oshgan. 

3,6 mlrd.lik eksport

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,5 %), Rossiya (17,8 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan. Bunda eksport – 3,6 mlrd dollar, import esa - 6,3 mlrd dollarga teng boʻlgan.

2023-yilgi koʻrsatkichlar

O‘zbekiston 2023-yilda jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan boʻlib, tashqi savdo aylanmasi qariyb 62,6 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bunda: eksport – 24,4 mlrd dollar, import esa – 38,1 mlrd boʻlgan. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 foiz), Rossiya (15,8 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreya Respublikasida (3,7 foiz) qayd qilingan.

Теги :
Iqtisodiyot