$
 12969.56
-10.77
 14768.44
-10.96
 157.09
2.58
weather
+26
Кечаси   +14°

“Mikrokreditbank” Germaniyaning nufuzli banki bilan 30 million yevrolik kelishuv imzoladi

“Mikrokreditbank” ATB xalqaro moliya sohasida yana bir muhim kelishuvga erishdi. Bank Germaniyaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri — ODDO BHF SE bilan 30 million yevro miqdorida hamkorlik kelishuvini imzoladi.

Bu tadbirkorlarga Yevropadan texnologiya olib kirishni osonlashtiradi

Bu kelishuv orqali O‘zbekistondagi tadbirkorlar Germaniya va boshqa Yevropa davlatlaridan zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarni xarid qilish uchun uzoq muddatli va qulay moliyaviy ko‘mak olishadi.

Uzoq muddatli, qulay va kafolatlangan

Kelishuv asosida mijozlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

 • uzoq muddatli va qulay shartlarda kreditlar;

 • Yevropadan ilg‘or texnologiyalarni import qilish uchun moliyaviy yordam;

 • eksport kredit agentliklari kafolati bilan xavfsiz moliyalashtirish;

 • xalqaro tajribaga mos zamonaviy moliyaviy yechimlar.

“Mikrokreditbank” xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Mazkur kelishuv esa tadbirkorlar uchun Yevropa bozorlariga chiqish yo‘lini ochadi.