$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Andijonda umumiy qiymati 100mln. dollarlik yangi zavod quriladi

yuk tashuvchi

Xitoyning “Faw Trucks” kompaniyasi rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya viloyatimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya Andijon hokimligi rahbariyati tomonidan qarshilanib, muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuvda Xitoy bilan hamkorlikda Andijonda umumiy qiymati 100million dollarlik yangi zavod qurilishiga kelishildi.

Zavod yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan

Muzokarada belgilanishicha, kompaniya hamkorligida Andijonda umumiy qiymati 100 million dollar bo‘lgan loyiha qurilishi boshlanadi. Loyiha yillik 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, qurilish ishlarini noyabr oyidan boshlashga kelishib olindi.

Mehmonlar “Ipak yo‘li”dagi qurilish ishlari bilan tanishtirilgan

Uchrashuv tugagandan so‘ng delegatsiya a’zolari Andijondagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, “NAWAS” brendi ostida havo tozalash uskunalari, konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasining bugungi kundagi qurilish ishlari haqida yaqindan ma’lumot berildi.

“Faw Trucks” kompaniyasi delegatsiyasining Andijon viloyatiga amaliy tashrifi davom etmoqda.