$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz qazib oladi va IES quradi

Gaz

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qiymati 1 mlrd dollarlik shartnoma imzolandi. 

Shartnoma mazmuni

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 10 yil davomida Jauzjon va Faryob viloyatlaridagi To‘ti Maydon gaz konini qayta ishlashda ishtirok etadi. Shu bilan birga, 2 yil davomida 100 MVt issiqlik elektr stansiyani qurish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan. Shartnoma O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, "Tolibon" hukumati Bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar, Afg‘oniston Savdo va sanoat vaziri Hidoyatulloh Badri tomonidan imzolandi. 

Bu yaqinlashishmi yo tinchlantirish?

Ismatilla Ergashevning ma’lum qilishicha, bu shartnoma ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarning yuqori cho‘qqiga chiqayotganini anglatadi. Tarix fanlari doktori, professor Anvar Yo‘ldoshev O‘zbekiston hukumati Afg‘onistonga investitsiya kiritish orqali “Tolibon” harakatini tinchlantirishga harakat qilayotganini taxmin qildi. IES qayerda qurilishi hozircha noma’lum. Investitsiyalar hajmi 1 milliard dollarni tashkil etadi, kelishuvlar to‘qqiz yilga mo‘ljallangan.

Samarali harakat

Tahlilchilar ushbu bitim barqaror Afg‘onistonning O‘zbekiston uchun ahamiyatli ekanligi haqidagi tezisni mustahkamlashini, bu borada energetik hamkorlik mintaqani integratsiya qilish va barqarorlashtirish vositalaridan biriga aylanishini hamda rasmiy Toshkent ushbu tashabbus orqali mintaqaning uzoq muddatli rivojlanishi va energiya xavfsizligini ta’minlashiga katta hissa qo‘shganini ta'kidlamoqda. O‘zbek diplomatiyasi bugun yana bir bor o‘zining sanksiya cheklovlari va geosiyosiy qiyinchiliklar sharoitida samarali harakat qilish qobiliyatini namoyish etdi.

Теги :
Iqtisodiyot