$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar uchun Haj kvotasi o‘zgarishsiz qoldi

Haj ziyorati

18-fevral kuni Toshkentga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya O‘zbekiston uchun Haj kvotasi avvalgidek 15 000 nafar ziyoratchi etib belgilanganini ma’lum qildi.

Umraga talab kamaydi, ammo O‘zbekiston mintaqada yetakchi

Saudiya elchixonasining xabariga ko‘ra, 2024-yilda 461 500 nafar o‘zbekistonlik Umra ziyoratini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 10% kamaygan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori natija bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston bu borada dunyo mamlakatlari ichida 10-o‘rinni egallagan.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda yashovchi musulmonlarning 1,4 foizi Umra ibodatini ado etmoqda.

Turistik firmalar uchun yangi talablar

Saudiya Arabistoni hukumati ziyoratchilar xavfsizligini ta’minlash va ularning qulayligini oshirish maqsadida ziyorat turlarini tashkil etuvchi turistik firmalar uchun yangi moliyaviy talablarni joriy qilmoqda.

Unga ko‘ra, Umra va Haj turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalardan 1 million dollarlik zaxira jamg‘armaga ega bo‘lish talab qilinmoqda. Bu talabning joriy etilishi ziyoratchilarning kutilmagan holatlar va muammolarga duch kelganda, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ekanligi ta’kidlanmoqda.

Toshkent xalqaro aeroportidagi cheklovlarga izoh berildi

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoniga ziyorat turlarini amalga oshiruvchi turistik kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” rasmiy bayonot berib, hech qanday cheklovlar kiritilmaganini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra:

 • “Flyadeal” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha F39223 reysi bilan 352 yo‘lovchi parvoz qilgan, rejalashtirilgan jo‘nash vaqti 19-fevral, 00:10.

 • “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha C6 319 reysi bilan 176 yo‘lovchi parvoz qilgan, rejalashtirilgan jo‘nash vaqti 19-fevral, 00:20.

Rasmiylarga ko‘ra, barcha yo‘lovchilar aviachiptaga ega bo‘lib, tegishli reyslarga o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Теги :
Jamiyat