$
 12029.20
-43.76
 14065.74
-111.54
 160.26
-0.91
weather
+26
Кечаси   +14°

2026-yilgi Haj mavsumi uchun ziyorat narxi va kvotalar soni ma’lum bo‘ldi

Haj ziyorati

O‘zbekiston fuqarolariga haj ziyorati uchun 2026-yilda 15 mingta kvota ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Idora bergan axborotga ko‘ra, bu yil bir kishi uchun haj ziyoratining narxi 77 mln 73 ming so‘mni tashkil etadi. 2026-yilgi haj mavsumi 2-maydan boshlanib, har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Ziyoratchilar 9 ta hudud — Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri uchadi.

Ularni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, vatanga qaytarish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Avvalgi narxlar

2019-yilda O‘zbekistonda bir kishining hajga borib kelishi 33,3 mln so‘mdan (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 3879 dollar) tushgan. O‘zbekistonda 2022-yilga kelib haj ziyorati narxi keskin — deyarli ikki baravar oshgan va bir kishilik to‘lov 62 million 900 ming so‘m etib belgilangan. 2023-yilda bu qiymat 68 million 760 ming so‘mni tashkil etgan. 2024-yilda O‘zbekistonda haj safari narxi yanada qimmatlab, 73 million 970 ming so‘mga (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 5 813 dollarga)yetgan. 2025-yilda haj safari narxi 78 million 670 ming so‘mga teng bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat