$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

AI500–HACKATHON: Sun’iy intellekt bo‘yicha eng kuchlilar aniqlandi

AI Hackathon

Agrobank tomonidan tashkil etilgan AI500! Hackathon musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov sun’iy intellekt yo‘nalishida iqtidorli mutaxassislarni aniqlash, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or texnologiyalarni bank va agrar sohalarga joriy etish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqaning final bosqichiga 50 ta eng kuchli jamoa yo‘l oldi. Shundan 10 ta jamoa hal qiluvchi bosqichga chiqib, hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini taqdim etdi.

Loyihalar texnologik yangiligi, biznes modeli aniqligi va real sharoitda joriy etish imkoniyatlari asosida baholandi.

G‘oliblar

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

  • 1-o‘rin — “Appolo” jamoasi (“Project Appolo”),
  • 2-o‘rin — “IPAK coders” jamoasi (“MedVoice AI”),
  • 3-o‘rin — “Mirzosharif” jamoasi (“OQIM”) loyihalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Best Project in AgroTech”, “Best Project in FinTech”, “Best Innovative AI Solution”, “Best Team” va “Best ESG Solution” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, har bir jamoaga 10 million so‘m miqdorida mukofot topshirildi.