$
 12006.39
-28.87
 13765.33
54.76
 150.44
-1.02
weather
+26
Кечаси   +14°

“Xorazm guruchi” patentlandi

guruch

Xorazm vohasida yetishtiriladigan Xorazm guruchi endilikda davlat muhofazasiga olindi. Adliya vazirligining rasmiy Telegram-kanalida tarqatilgan maʼlumotga koʻra, ushbu qishloq xoʻjaligi mahsuloti geografik koʻrsatkich sifatida rasman davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Unikal taʼm

Xorazm guruchi oʻzining yuqori sifati, xushboʻyligi hamda pishirish xususiyatlari bilan boshqa guruch turlaridan ajralib turadi. Mahsulotning bu oʻziga xosligi Amudaryo suvlari, unumdor tuproqlar, qulay iqlim sharoiti hamda avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼanaviy yetishtirish tajribasi bilan chambarchas bogʻliq.

Huquqiy muhofaza va isteʼmolchilar kafolati

“Xorazm guruchi”ning geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi ushbu nomning huquqiy muhofazasini toʻliq taʼminlaydi.

Natijada mahsulotning kelib chiqishi va sifati himoya qilinadi, brend nomidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldi olinadi hamda isteʼmolchilar uchun mahsulotning haqiqiyligi kafolatlanadi.

Adliya vazirligi xabarida taʼkidlanishicha, ushbu qaror hududning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish, milliy brendni rivojlantirish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda keng targʻib etishga xizmat qiladi.

Geografik koʻrsatkich oʻzi nima?

Maʼlumot uchun, geografik koʻrsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini hamda uning sifati va oʻziga xos xususiyatlari aynan shu hudud omillari bilan bogʻliqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyektidir.

Теги :
Jamiyat