Qimmat texnikalardan qolishmaydi: Uydagi havoni eng yaxshi tozalovchi 10 oʻsimlik
Poytaxtda havo ifloslanishining kuchayishi bilan mutaxassislar uy ichidagi havoni toza va nam saqlash uchun turli maishiy texnikalardan foydalanishni maslahat beryapti.
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda havo ifloslanishining kuchayishi bilan mutaxassislar uy ichidagi havoni toza va nam saqlash uchun turli maishiy texnikalardan foydalanishni maslahat beryapti. Ammo ko‘pchilik uchun bunday qurilmalar narxi juda yuqori bo‘lib, xarid qilish imkoniyati cheklangan.
Uy sharoitida havoni tozalashning eng oson, arzon va samarali usuli — oddiy xona gullaridir. Ular nafaqat havodagi zararli moddalarni yutadi, balki namlikni saqlab, yashash muhitini yanada qulay qiladi. Quyida sizga havoni eng yaxshi tozalovchi va namlikni ushlab turuvchi 10 ta xona o‘simligi haqida ma’lumot beramiz.
Xlorofitum
“Havo tozalovchi gul” nomi bilan mashhur bo‘lgan xlorofitum zararli moddalarni o‘ziga yutib, uy ichidagi havoni yengillashtirishga yordam beradi. NASA tajribalarida ham bu o‘simlik ichki muhitdagi toksinlarni kamaytirishda samarali deb qayd etilgan. Kislorod ishlab chiqarishi yuqori, parvarishi oson va arzon.
Ingliz pechagi

Mog‘or qo‘ziqorinlar, og‘ir metallar tuzlari, toksinlar va formaldegid — ingliz pechagi mana shu barcha zararli moddalar bilan kurashadi. U boshqa gullardan faolroq karbonat angidrid yutib, kislorod chiqaradi.
Nefrolepis
Lomariopsis oilasi qirqquloqlar turidagi o‘simlik nafaqat havoni tozalaydi, balki uni namlantiradi ham. 2-3 nefrolepis o‘simligi 20 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonga ega inshoot namligini 75 foizgacha oshira oladi.
Spatifillyum

O‘simlik havoni ko‘plab zararli organik birikmalardan tozalaydi va mikroorganizmlarni kamaytiradi. Spatifillyum benzol, formaldegid, trixloretilenning tabiiy sorbenti hisoblanadi.
Xitoy aglaonemasi

O‘simlik turli toksinlarni, shu jumladan toluol va ksilolni ham tortib olishga qodir. Aglaonemaning qo‘shimcha ustunligi shundan iboratki, u mikroblarni o‘ldiruvchi moddalarni ajratish xususiyatiga ega.
Tillarang stsindapsus

O‘simlik inshootdagi havo sifatini yaxshilaydi. U havoni ayniqsa benzol, formaldegid, toluol va ksiloldan samarali tozalaydi. Tillarang stsindapsus yorug‘likka u qadar muhtoj emas, shu bois u yorug‘lik kam tushadigan inshootlar uchun ayni muddao.
Bambukli palma

O‘simlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorug‘lik tushish imkoni bo‘lmagan inshootlarda ham saqlash mumkin. U shunday sharoitlarda ham havoni zararli moddalardan tozalay oladi. Kompyuter yoniga qo‘yilganda esa, elektromagnit nurlanish zararini kamaytiradi.
Kauchuksimon fikus

Havoni yopiq inshootlarda eng ko‘p uchrovchi uglerod oksidi, formaldegid, trixloretilen va boshqa zararli moddalardan samarali tozalaydi. Ayurvedada bu o‘simlikdan shuningdek inshoot energetikasini yaxshilashda foydalaniladi.
Aloe vera

O‘simlik havoni ifloslantiruvchi ko‘plab moddalar, shu jumladan formaldegid va benzoldan filtrlay oladi. Bundan tashqari, u havodagi oddiy mikroorganizmlar miqdorini kamaytiradi.
Filodendron

Yarim qorong‘u inshootlarga hamda quruq sharoitga chidamli. Filodendronlar havoda katta konsentratsiyada mavjud bo‘lgan formaldegid va ksilol bilan kurashda samaralidir.



