$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Green Card — 2026: AQSh 55 mingta migrantni qabul qilishga rozi

Green Card қачондан ўйналиши маълум бўлди

AQShning migratsiya dasturi – Green Card(DV) uchun arizalar qabuli 2-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 5-noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.

Green Card Vizasi Dasturi

Davlat departamenti har yili qonuniy asosda yaratilgan Green Card dasturini boshqaradi. Immigratsiya va milliy qonunining (INA) 203(c)-bo‘limiga muvofiq, AQShga tarixan kam immigratsiya qilgan mamlakatlardan kelgan “turli immigrantlar” uchun viza toifasi mavjud. 2026-yil uchun 55,000 tagacha Green Card (DV) taqdim etiladi. DV dasturida ro‘yxatdan o‘tish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi, ammo suhbatga chaqirilgan tanlanganlar vizaga murojaat qilishdan oldin, konsullik xodimi ularga viza olish huquqi berilgan yoki berilmaganligini aniqlaydigan ariza to‘lovini to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Davlat departamenti turli immigrantlar vizalarini oltita geografik mintaqa orasida taqsimlaydi va hech bir mamlakat bir yil ichida mavjud vizalarning yetti foizidan ko‘prog‘ini olishi mumkin emas.

Lotoreyada ishtirok etmaydigan davlatlar

DV-2026 uchun quyidagi mamlakatlar va hududlardan bo'lgan fuqarolar ariza topshira olmaydi. Chunki so‘nggi besh yil ichida ushbu mamlakatlardan 50,000 dan ortiq fuqaro AQShga borish uchun Green Card yutib olgan:

  • Bangladesh
  • Braziliya
  • Kanada
  • Xitoy Xalq Respublikasi (materik va Gonkongda tug‘ilganlar)
  • Kolumbiya
  • Kuba
  • Dominikan Respublikasi
  • Salvador
  • Gaiti
  • Gonduras
  • Hindiston
  • Yamayka
  • Meksika
  • Nigeriya
  • Pokiston
  • Filippin
  • Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya)
  • Venesuela
  • Vetnam
  • Makao hududi va Tayvan fuqarolari ariz atopshirish huquqiga ega.

Arizalar qanday topshiriladi?

Arizachilar DV-2026 dasturiga arizalarini elektron shaklda dvprogram.state.gov orqali topshirishlari kerak. Ro‘yxatdan o‘tish davri 2-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanib, 5-noyabr soat 21:00 gacha davom etadi. Kech topshirilgan yoki qog’oz arizalar qabul qilinmaydi. Qonun har bir odamga har bir ariza topshirish davrida faqat bir martalik ariza topshirishga ruxsat beradi. Davlat departamenti bir nechta arizalarni aniqlash uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Bir shaxsga bir nechta ariza topshirilishi ushbu shaxsning barcha arizalarining rad etilishiga olib keladi.

2023-yilgi Green Card natijalari

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili topshirilgan arizalar natijalari 2024-yil 4-may kuni e’lon qilingandi. DV-2025 roʻyxatga olish muddati 2023-yil 4-oktyabrda boshlangan va 7-noyabr kuni yopilgandi.

Ma’lumot uchun, lotereyada gʻolib chiqqan va viza olganlar AQShda yashash va ishlash huquqini qoʻlga kiritadi.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot