$
 12175.53
-4.28
 14151.62
12.08
 155.08
-1.65
weather
+26
Кечаси   +14°

ChatGPT endi odamlardek tabiiy muloqot qila oladi

ChatGPT

OpenAI kompaniyasi ChatGPT foydalanuvchilari uchun navbatdagi yangilanishni e’lon qildi. Endilikda foydalanuvchilar bilan muloqotni mutlaqo yangi bosqichga olib chiquvchi GPT-5.3 Instant modeli ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.

Qanday funksiyalar qo‘shildi?

Yangilanish chat-botning foydalanuvchilar bilan xuddi tirik odamdek, tabiiy muloqot qilishiga xizmat qiladi. GPT-5.3 Instant savollarga aniq javob berish bilan birga, internetdan eng to‘g‘ri va sifatli ma’lumotlarni qidirib topa oladi. Yangilanish sharofati bilan bot bilan kundalik suhbatlar uzilib qolmaydi, ancha foydali va sodda tilda kechadi.

Dasturchilar botning suhbat davomida mavzuda adashib qolish holatlarini imkon qadar kamaytirishga harakat qilishgan. Shuningdek, muloqotga xalaqit beradigan ortiqcha izohlar va botning qo‘pol, keskin gaplari ham ancha qisqartirilgan. Buning o‘rniga, yangi model chiroyli, tushunarli va jozibali matnlar yozishni yaxshiroq o‘zlashtirgan.

Hali qilinadigan ishlar talaygina

GPT-5.3 Instant yaratuvchilarining aytishicha, hali qilinadigan ishlar talaygina. Masalan, botning ingliz tilidan boshqa tillarda ham tabiiy gaplashishini ta’minlash va uning ovozi hamda ohangini jonli nutqqa yanada yaqinlashtirish ustida ishlar davom etmoqda.

Yangi GPT-5.3 Instant hozirning o‘zidayoq barcha foydalanuvchilar va dasturchilar uchun ochiq. Uni APIda “gpt-5.3-chat-latest” nomi bilan topish mumkin. Tez orada Thinking va Pro tariflari uchun ham yangilanishlar chiqishi kutilmoqda.

Теги :
Jamiyat