$
 12114.97
40.69
 14260.53
41.86
 162.07
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Go‘sht narxi oshib, import kamaymoqda: O‘zbekiston bozorida nimalar bo‘lyapti?

Go

O‘zbekistonga mol go‘shti olib kirish hajmi ketma-ket ikki oydan beri pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tahliliy hisobotda ma’lum qilindi.

2026-yilning aprel oyida mamlakatimizga 57 million dollar qiymatidagi 11,2 ming tonna mol go‘shti keltirilgan. Taqqoslash uchun: mart oyida import hajmi 61 million dollarlik 12,7 ming tonnani, fevralda esa 67,4 million dollarlik 14,4 ming tonnani tashkil etgan edi.

Shunday qilib, yetkazib berish ko‘rsatkichlari mart oyida 1,7 ming tonnaga, aprelda esa yana 1,5 ming tonnaga qisqargan.

Qo‘y va tovuq go‘shti importi ham pasaymoqda

Bozordagi pasayish tendensiyasi go‘shtning boshqa turlarida ham kuzatilyapti. Aprel oyida O‘zbekistonga 8,6 million dollarlik 2,85 ming tonna qo‘y go‘shti olib kirildi. Bir oy avval bu ko‘rsatkich 3,1 ming tonnani (9,66 million dollar) tashkil etayotgan edi. Tovuq go‘shti yetkazib berish hajmi esa martdagi 6,4 ming tonnadan aprelda 5 ming tonnadan sal ko‘proqqa tushdi. Importning umumiy qiymati 7 million dollardan 6,3 million dollargacha kamaygan.

Narxlar yuqorilashda davom etyapti

Tashqi bozordan mahsulot keltirish hajmi qisqarayotgan bir paytda, ichki bozorda go‘sht narxi qimmatlashishda davom etmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning aprel oyida suyakli mol go‘shti narxi mart oyiga nisbatan 3,2 foizga oshgan. Yillik hisobda esa o‘sish 16,6 foizni tashkil etdi. La’m (suyaksiz) mol go‘shti ham bir oyda 3,2 foizga, yil davomida esa 17,3 foizga qimmatlashgan.

Qo‘y go‘shti narxi aprel oyining o‘zida 3,7 foizga, o‘tgan yilning apreliga nisbatan esa salkam 20,3 foizga ko‘tarilgan.

Теги :
Jamiyat