YI Google’ga jiddiy ayblov qo‘ydi
Uchta ishonchli manbaning maʼlumotiga koʻra, kompaniya oʻzining qidiruv natijalariga kiritgan taklif qilingan oʻzgartirishlari Yevropa antimonopoliya regulyatorining hamda raqobatchilarining eʼtirozlarini bartaraf eta olmadi.
2 daqiqa o‘qiladi

Google Yevropa Ittifoqi tomonidan texnologik gigantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda. Uchta ishonchli manbaning maʼlumotiga koʻra, kompaniya oʻzining qidiruv natijalariga kiritgan taklif qilingan oʻzgartirishlari Yevropa antimonopoliya regulyatorining hamda raqobatchilarining eʼtirozlarini bartaraf eta olmadi.
Bu qadam YI va Tramp o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatda yuz bermoqda
Yevropa Komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu qadam AQSH Prezidenti Donald Tramp va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ziddiyatli vaziyatda yuz bermoqda. Tramp AQSH texnologik gigantlarini qoʻllab-quvvatlab, Yevropa regulyatsiyalariga qarshi chiqmoqda va Yevropa tomonidan belgilangan jarimalarni bojxona toʻlovlariga tenglashtirmoqda.
Google’ga nisbatan tergov boshlanganiga 1 yil bo‘ldi
Bu esa Yevropa nazoratchilarining yirik texnologik kompaniyalarga nisbatan yumshoqroq yondashishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.
Google’ga nisbatan tergov ishlari oʻtgan yilning mart oyida boshlangan boʻlib, bu jarayon Raqobatni cheklashga qarshi qabul qilingan Raqamli bozorlar akti doirasida olib borilmoqda.
Ayblov asosli bo‘lsa Google o‘z faoliyatini Yida to‘xtatishi mumkin
Tergovning asosiy yoʻnalishi Google qidiruv tizimida kompaniyaning oʻz xizmatlari — “Google Shopping”, “Google Fights” va “Google Hotels” — raqobatchilariga nisbatan ustun qoʻyilganini aniqlashga qaratilgan. Bundan tashqari, Google qidiruv natijalarida uchinchi tomon xizmatlariga nisbatan diskriminatsiya qilinayotgani ham tergov doirasida oʻrganilmoqda.
Agar tergov Yevropa tomonidan qoʻyilgan talablarni asosli deb topsa, Google yo oʻz faoliyatini unga moslashtirishi, yo oʻz faoliyatini mazkur mintaqada toʻxtatishiga toʻgʻri keladi.



