$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS navigatsiya tizimi signalidan foydalanmoqchi

glonass

O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS navigatsiya tizimi signalidan foydalanishi mumkin. Bu bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.

Muzokaralar bo‘yicha taklif qabul qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatini berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni ma’qulladi. U tegishli farmoyishni imzoladi.

“Hukumatning Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida GLONASS global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimiga yuqori aniqlikdagi signaldan foydalanish imkoniyatini berish to‘g‘risida bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin”, deyiladi farmonda.

Tizim qaysi sohalarda keng qo‘llanilmoqda?

GLONASS — Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimi. Uning nomi global navigatsiya sun’iy yo‘ldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. 2013-yil iyul oyida Rossiyaning 15 hududida sinov tariqasida ishga tushirilgan.

Shuningdek, 2015-yil 1-yanvardan tizim sanoat foydalanishiga topshirilgan. U joylashuvni aniqlash, navigatsiya, geodeziya, ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. 2018-yildan boshlab tizimning abonent terminallari Rossiyada sotilayotgan barcha avtotransport vositalariga o‘rnatilmoqda. 

MediaTek, Qualcomm, Apple, Samsung, Hisilicon kompaniyalari GPS, GLONASS va boshqa navigatsiya tizimlarining signallarini qabul qiluvchi chiplarni ishlab chiqarmoqda.