$
 11981.81
-32.67
 13879.73
21.03
 165.13
-1.48
weather
+26
Кечаси   +14°

Voyaga yetmaganlarni narkojinoyatga aralashtirganlar 10 yilgacha qamaladi

Saida Mirziyoyeva murojaatnomasi Foto: Videodan kadr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish hamda jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘ta muhim yangi qonun hujjatini imzoladi. Mazkur qonun ushbu turdagi tahdidlarga qarshi murosasiz, keskin va qaqshatqich choralar ko‘rishni ko‘zda tutadi. Unda ayniqsa, zamonaviy usullar orqali giyohvandlik moddalarini tarqatish zanjirini uzish, jinoyatchilarga nisbatan jazo choralarini sezilarli darajada og‘irlashtirish hamda voyaga yetmagan yoshlarni ushbu xavfdan asrash masalalari huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.

Yangi qonun bilan huquqiy tizimga qator jiddiy o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, yashirin narkolaboratoriyalar hamda bangixonalar tashkil etish, narkojinoyatlarga homiylik qilish, narkotik vositalarni transmilliy usulda yoki internet tarmoqlari yordamida tarqatish kabi o‘ta xavfli qilmishlar uchun ilgari qonunchilikda mavjud bo‘lmagan yangi javobgarlik turlari belgilandi. Endilikda ushbu jinoyatlarga qo‘l urgan shaxslarga 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Shu bilan birga, uyushgan narkojinoyatchilik uchun jazo choralari qariyb ikki baravarga ogʻirlashtirildi. Agarda muqaddam bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qisqa muddatlarda ozodlikka chiqib, oʻz jinoiy faoliyatini davom ettirish imkoniga ega boʻlgan boʻlsa, yangi tartibga koʻra, narkojinoyat sodir etganlar muddatidan oldin shartli ozod qilinmaydi va jazoni toʻliq oʻtaydi.

Saida Mirziyoyeva mamlakat genofondini asrash borasida murojaat bilan chiqdi

Mazkur qonunning qabul qilinishi munosabati bilan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z murojaatnomasini e’lon qildi. Saida Mirziyoyeva o‘z bayonotida giyohvandlik illati nafaqat inson hayoti va oilalar osoyishtaligini barbod etishini, balki bolalar salomatligiga putur yetkazish orqali butun millat genofondi hamda davlat kelajagiga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy xavf ekanligini alohida qayd etdi. Mazkur hujjat shunchaki jinoyatchilarni jazolash vositasi emas, balki xalq salomatligini himoya qilish va yoshlarni fojiali yoʻldan asrab qolishga qaratilgan qonundir.

Administratsiya rahbari ushbu masalani va barcha choralar ijrosini shaxsan o‘zi nazoratga olganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, ayni paytda Prezident administratsiyasi qoshida narkotiklarga qarshi respublika maxsus ishchi guruhi faol ish olib bormoqda, uning doirasida narkolaboratoriyalar va uyushgan narkojinoiy guruhlar yoʻq qilinmoqda.

Murojaatnomada voyaga yetmaganlarni himoya qilish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yangi qonunchilikka asosan, yoshlarni narkotik isteʼmol qilishga undash ogʻir jinoyat hisoblanadi va buning uchun besh yildan 10 yilgacha qamoq jazosi qoʻllaniladi. Shuningdek, taʼlim muassasalari, maktablar, talabalar yotoqxonalari hamda bolalar oromgohlarida voyaga yetmaganlarni narkojinoyatlarga jalb qilgan shaxslar 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi belgilandi.

Jamiyat mas’uliyati birlashishi zarur

Murojaatnomada qonunchilikdagi keskin o‘zgarishlar va davlat tomonidan ko‘rilayotgan qat’iy choralar bilan bir qatorda jamiyat hamda oila institutining o‘rni ham chuqur tahlil qilingan. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ushbu global va xavfli muammoga qarshi kurashishda hech bir fuqaroning tomoshabin bo‘lib turishga haqqi yo‘q.a qarshi murosasiz va keskin choralar ko‘rishni ko‘zda tutadi. Unda ayniqsa, zamonaviy usullar orqali giyohvandlik moddalarini tarqatish zanjirini uzish, jinoyatchilarga nisbatan jazo choralarini sezilarli darajada og‘irlashtirish hamda voyaga yetmagan yoshlarni ushbu xavfdan asrash masalalari huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.

“Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, – dedi PA rahbari.
Теги :
Jamiyat