$
 11940.70
-69.22
 13839.27
-94.64
 147.40
-0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Shizofreniya, autizm va jinsiy maylga taʼsir qiluvchi sindrom: Gitlerning DNKsi tahlil qilindi

gitler

Adolf Gitlerning qon namunasidan olingan DNK tahlili diktatorning nasl-nasabi va sog‘lig‘i haqida ayrim qiziq ma’lumotlarni ochib berdi. Bu haqda “Gitlerning DNKsi: Diktatorning chizmasi” nomli hujjatli filmda professor Turi King aytib o‘tdi.

Gitler yahudiy emas 

Xalqaro ekspertlar guruhi o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar Gitlerning nasabi yahudiy bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi (u yahudiy emas edi) va unda jinsiy a’zolar rivojlanishiga ta’sir qiluvchi genetik kasallik borligini aniqladi. Bu ma’lumotlar eski mato parchasidagi qon yuqi orqali aniqlandi.


Qonli mato qayerdan topilgan?

80 yillik qonli mato parchasi Gitlerning yer osti bunkeridagi divanidan kesib olingan. U Ikkinchi jahon urushi oxirida ittifoqchi kuchlar Berlinga bostirib kirganida shu yerda o‘zini o‘ldirgan edi. Olimlar bu haqiqatan ham Gitlerning qoni ekaniga ishonch hosil qilishdi, chunki ular qondagi Y-xromosoma uning o‘n yil oldin olingan erkak qarindoshining DNK namunasi bilan mosligini aniqlashdi. Hozirda u AQSHning Gettisburg tarix muzeyida saqlanmoqda.

U ruhiy xasta boʻlganmi?

Shuningdek, Gitlerning DNKsida autizm, shizofreniya va bipolyar kasallikka moyillik bo‘yicha “juda yuqori” ko‘rsatkichlar aniqlangani yanada jiddiyroq topilma hisoblanadi. Bu uning ushbu nevrologik kasalliklarga chalinganini anglatadimi? Mutaxassislar bunga mutlaqo yo‘q, deb javob berishadi – bu tashxis emas.

Yana bir muhim topilma shundaki, unda Kallman sindromi bo‘lgan. Ushbu sindromi jinsiy maylga ham ta’sir qilishi mumkin, bu ayniqsa qiziqarli, deydi hujjatli filmda ishtirok etgan tarixchi va Potsdam universiteti o‘qituvchisi doktor Aleks Key.

“Bu bizga uning shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsani aytib beradi – aniqrog‘i, uning shaxsiy hayoti yo‘qligi haqida”, deb tushuntiradi u.

Tadqiqotning bahsli tomoni

Biroq, Gitlerda bir yoki bir nechta ruhiy salomatlik muammosi mavjud bo‘lgani ehtimolini ko‘rsatadigan natijalar yanada murakkab va munozarali. Uning genomini poligen ko‘rsatkichlar bilan taqqoslab, Gitlerning autizm, DTGS (Diqqat tanqisligi giperaktivlik sindromi), shizofreniya va bipolyar buzilishga moyilligi yuqori bo‘lganini aytishmoqda. Shu yerda hammasi murakkablashadi.

Poligen hisoblash usuli bilan odamning DNKsi tekshiriladi va uning kasallikka chalinish ehtimoli aniqlanadi. Bu usul odamning yurak kasalliklari va keng tarqalgan saraton kasalliklariga moyilligini aniqlashda foydali bo‘lishi mumkin. Biroq bu usulda DNK katta aholi namunasi bilan taqqoslanadi va shuning uchun natijalar alohida shaxsga nisbatan ancha ishonchsiz bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat