$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng so‘nggi Gentra zavoddan chiqdi

Gentra

Asakadagi avtomobil zavodida eng oxirgi "Chevrolet Lacetti" rusumli avtomashina ishlab chiqarildi. Bu haqda "UzAuto Motors" AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

487 ming 104 ta Gentra

Qayd etilishicha, mazkur avtomobil endilikda korxona tarixidagi so‘nggi "Lacetti" ("Gentra") sifatida yodda qoladi. Manbaga ko‘ra, zavodda shu kunga qadar jami 487 ming 104 ta shunday avtomobil ishlab chiqarilgan.

Avtomobil 2013-yildan boshlab ishlab chiqarilgan

"Chevrolet Lacetti" ishlab chiqarish 2013-yilda boshlangan. Dastlab yiliga 11 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 90 mingga yetgan edi.

Bir necha oyga cho‘zilgan ishlab chiqarilish

Zavod ushbu avtomobilni ishlab chiqarishni 2024-yil yanvar oyidan to‘xtatishni rejalashtirgan edi. Biroq, komplektatsiya va ehtiyot qismlar mavjudligi bois ishlab chiqarish jarayoni yana bir necha oy davom etdi.