$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Gazprom” O‘zbekistonga gazni qanday narxda berayotgani aniqlandi

Gazprom

O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish qiymati 2023-yilda 1 ming kub metr uchun 160 dollarni tashkil etgan. https://www.kommersant.ru/doc/6553261

Narx va kelishuvlar

“Gazprom” 2023-yil oktyabr oyidan boshlab O‘zbekistonga O‘rta Osiyo—Markaz (SAS) gaz quvurlari tizimi orqali teskari rejimda gaz yetkazib berishni boshlagan. Kelishuvga ko'ra, tomonlar ikki yil davomida har yili 3 milliard kubometrgacha eksport qilishga kelishib olgan edi. Energetika va moliya institutidan Sergey Kondratevning taʼkidlashicha, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish narxi Turkiyaga (1 ming kub metr uchun 270-280 dollar) va Xitoyga (1 ming kub metr uchun 260-270 dollar) nisbatan ancha past. Shunga qaramay, “Gazprom” 1 ming kubometr uchun 20-22 dollar foyda olishga muvaffaq bo‘layoatgani ma'lum qilingan. O‘zbekistonga yetkazib berishda eksport bojini bekor qilish va kompaniyaning mamlakat hududida gazni qayta ishlash loyihalarida ishtirok etishi yetkazib berish rentabelligini oshirishi mumkin, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eksport uchun import hajimi oshirilishi kerak

Sergey Kondratevning qayd etishicha, O‘zbekistonda gaz qazib olishning kamayishini hisobga olgan holda, 11 milliard kubometr hajm Xitoyga keyingi tranzit yoki almashtirish uchun yetarli bo‘lishi aniq emas. “Menimcha, O‘zbekiston 2030-yilga kelib Xitoyga 5-6 milliard kubometr eksport qilishi uchun importni 15-18 milliard kubometrgacha oshirishi kerak. Albatta, bu holda biz nafaqat Rossiyadan yetkazib berish, balki Turkmanistondan importni ko‘paytirish haqida ham gaplashmoqdamiz”, — dedi u.

Теги :
Jamiyat