$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

“G‘azoni tozalash” g‘oyasi ortidan Tramp va Arab davlatlari o‘rtasida mojaro boshlanmoqda

Trump and Arabic countries

Bundan bir hafta oldin, AQSH prezidenti Donald Tramp Iordaniya, Misr va boshqa arab davlatlarini G‘azo sektoridan qabul qilayotgan falastinlik qochqinlar sonini ko‘paytirishni taklif qilgan edi. Tramp fikricha, urushdan xarob bo‘lgan hududni “tozalash” uchun aholining yetarli qismini ko‘chirish kerak. U buni Iordaniya qiroli Abdulla II bilan telefon orqali muloqotda muhokama qilganini aytgan.

Arab davlatlari buni tahdid deb atadi

Arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari Trampning chaqirig‘iga qarshi yagona pozitsiyani bildirgan holda, falastinliklarni har qanday vaziyatda ham o‘z yerlaridan ko‘chirishni qat’iyan rad etishdi.

Qohiradagi uchrashuvdan so‘ng Misr, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Falastin va Arab davlatlari ligasi TIV rahbarlari hamda rasmiy vakillari qo‘shma bayonotda bunday qadam mintaqadagi barqarorlikka tahdid solishi, mojaroni kengaytirishi va tinchlik istiqbollariga putur yetkazishini ta’kidlashdi.

“Biz falastinliklarning ajralmas huquqlariga, xoh ko‘chmanchilik faoliyati, aholi ko‘chirish yoki yerlarni qo‘shib olish orqali bo‘lsin, xoh yerlarni egalaridan tortib olish orqali bo‘lsin, har qanday shaklda yoki har qanday vaziyatda yoxud bahona bilan xavf solishga har qanday urinishlarni qabul qilmasligimizni tasdiqlayami”, –deyiladi qo‘shma bayonotda.

Tanqidchilar Trampning taklifini etnik tozalashga tenglashtirdi

Ular ikki davlat to‘g‘risidagi qaror asosida Yaqin Sharqda adolatli va keng qamrovli tinchlikka erishish uchun Tramp ma’muriyati bilan hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv o‘tgan hafta Tramp G‘azoni 15 oylik Isroil bombardimonlaridan so‘ng “vayron bo‘lgan joy” deb atab, Misr va Iordaniya u yerdagi falastinliklarni qabul qilishi kerakligini aytganidan keyin bo‘lib o‘tdi. Bu bombardimonlar tufayli 2,3 million aholining aksariyati boshpanasiz qolgan edi. Tanqidchilar Trampning taklifini etnik tozalashga tenglashtirishdi.

Misr prezidenti bu g‘oyani rad etgan

Al Arabiyaning yozishicha, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Misr G‘azo aholisining ko‘chirilishiga yordam berishi haqidagi g‘oyani rad etgan. Shundan so‘ng Tramp bu g‘oyani yana takrorlab, Misr va Iordaniya buni amalga oshirmoqchi ekanini aytgan. U, shubhasiz, AQShning Misr va Iordaniyaga ko‘rsatayotgan katta yordamini, jumladan harbiy yordamni nazarda tutgan.

G‘azoni tiklash rejasi

Ma'lum qilinishicha, Iordaniyada allaqachon bir necha million falastinlik yashaydi, o‘n minglab falastinliklar esa Misrda istiqomat qiladi.

Arab vazirlari, shuningdek, Misrning BMT bilan hamkorlikda G‘azo hududini qayta tiklashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalarini ma’qulladi. Konferensiyaning aniq sanasi hozircha belgilanmagan.

Shuningdek, kuni kecha, 1-fevral kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSH Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi va Tramp as-Sisini rasmiy tashrif bilan Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda Misr yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

“Tramp prezidentga ochiq taklif yo‘llab, uni Vashingtonga tashrif buyurib, Oq uyda uchrashishga chorladi”, deyiladi bayonotda.

Теги :
Jamiyat